Özbekiston ösmirlari Italiyaga mağlub böldi

Sport

−

visibility1879 timer1 daqiqa

image

Bugun, 26 noyabr kuni Özbekiston U-17 terma jamoasi ösmirlar örtasidagi Jahon çempionatining uçinçi tur uçraşuvini ötkazdi. Unda Sergey Çigodayev şogirdlari Italiya ösmirlar terma jamoasiga 1:3 hisobida yutqazdi.

Bahsning 7-daqiqasida Tomaso Kasagrande hisobni oçdi. 31-daqiqada esa Federiko Kroçi penaltidan unumli foydalanib, oradagi farqni oşirdi. Birinçi bölimga qöşib berilgan 2-daqiqada Tomas Korilyano tezkor qarşi hujumni golga aylantirdi.

Ikkinçi bölimda – bahsning 66-daqiqasida italiyalik yarimhimoyaçi Rikardo Kassano ikkinçi sariq kartoçkasini olib, maydondan çetlatildi. 75-daqiqada esa Suhrob Sadirjonov italiyaliklar darvozasini işğol qildi. Öyin yakunigaça hisob boşqa özgarmadi va “oq börilar” guruh bosqiçining sönggi turida imkoniyatni boy berdi.

Özbekiston yoşlari eng yaxşi 3-örin egalari qatorida pley-off bosqiçiga çiqiş imkoniyatini saqlab turibdi. 1/16 finalning barça öyinlari va iştirokçilari ertaga, 27 noyabr kuni guruh bosqiçi yakuniga yetganidan söng aniq böladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing