Bugun Özbekiston Italiya bilan öynaydi
Sport
−
9453 1 daqiqa
Bugun, 26 noyabr kuni Özbekiston U-17 terma jamoasi ösmirlar örtasidagi Jahon çempionatining uçinçi tur uçraşuvini ötkazadi. Unda Sergey Çigodayev şogirdlari Italiya ösmirlar terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi.
Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi.
Ikki turdan söng Sergey Çigodayev şogirdlari 3 oçko bilan turnir jadvalining uçinçi örnida bormoqda. Italiya esa 6 oçko bilan guruh peşqadami hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda ötayotgan Jahon çempionatining birinçi turida Kot-d’Ivuarga 1:2 hisobida mağlub bölgan edi. Ikkinçi turda esa jamoa yamaykalik tengdoşlarini 6:2 hisobida mağlub etdi.
Live
Barçasi