Bugun Sindorov va Dommaraju jahon çempionligi uçun kuraşni boşlaydi

Sport

−

visibility2784 timer3 daqiqa

image

Bugun, 24 noyabr kuni özbekistonlik Javohir Sindorov va hindistonlik Gukeş Dommaraju şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun bahsni boşlaydi. Ilk partiya Jeneva yaqinidagi Koloni şahrida joylaşgan Martin Bodmer jamğarmasida ötkaziladi. 

Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi.

Amaldagi jahon çempioni va unga da’vogarning har ikkisi ham 20 yoşda. Jahon şaxmati tarixida çempionlik uçun bunday yoşdagi ikki şaxmatçi örtasida bahs heç qaçon ötkazilmagan.

Gukeş 2024 yil dekabr oyida Singapurda qölga kiritgan jahon çempionligi unvonini ilk bor himoya qiladi. U xitoylik Din Lirenni 7,5:6,5 hisobida mağlub etib, finalning 14-partiyasida hal qiluvçi ğalabaga erişgan edi. 18 yoşida hindistonlik şaxmatçi tarixdagi eng yoş mutlaq jahon çempioniga aylandi va Garri Kasparovning 22 yoşida çempionlikni qölga kiritiş böyiça rekordini yangilagandi.

Biroq amaldagi çempion uçun unvonini himoya qiliş oson bölmasligi mumkin. Noyabr oyidagi Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingida Gukeş 2710 oçko bilan 26-örinda bormoqda. Sindorov esa 2782 oçko bilan törtinçi örinni egallagan. Özbekistonlik şaxmatçining ustunligi 72 oçkoni taşkil etadi.

Sindorov Kiprda ötkazilgan Da’vogarlar turnirida ğalaba qozonib, jahon çempionligi uçun bahsga yöllanma oldi. U 14 ta partiyada 10 oçko töpladi, biror marta mağlubiyatga uçramadi va bir tur qolganidayoq birinçi örinni kafolatladi. Bunga qadar grossmeyster 2025 yilgi FIDE Jahon kubogida ham ğolib çiqqan edi. U Özbekiston tarixida mutlaq jahon çempionligi uçun bahsda iştirok etadigan ilk şaxmatçi böldi.

Jahon çempionligi uçun bahs klassik şaxmat qoidalari asosida maksimal 14 ta partiyadan iborat böladi. Ğalaba qozoniş uçun şaxmatçilardan biri 7,5 oçko töplaşi kerak. Har bir iştirokçiga dastlabki 40 ta yurişni amalga oşiriş uçun ikki soat, keyingi öyin qismi uçun esa qöşimça 30 daqiqa vaqt beriladi. 41-yurişdan boşlab har bir yuriş uçun 30 soniyadan qöşib boriladi.

Klassik partiyalar 24-26 va 28-30 noyabr kunlari, şuningdek, 2-4, 6-8 va 10-11 dekabr kunlari ötkazilişi rejalaştirilgan. Barça uçraşuvlar Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi.

Agar asosiy bahs 7:7 hisobida yakunlansa, joriy yilning 12 dekabr kuni tay-breyk ötkaziladi. Unda dastlab törtta tezkor partiya öynaladi. Har bir şaxmatçiga 15 daqiqa vaqt beriladi va har bir yurişdan söng 10 soniya qöşiladi. Agar ğolib aniqlanmasa, bahs yanada qisqa vaqt nazoratida davom etadi.

Musobaqaning umumiy sovrin jamğarmasi 2,5 million dollarni taşkil etadi. Agar ğolib tay-breykda aniqlansa, ğolib 1,3 million dollar, mağlub esa 1,2 million dollar mukofot puliga ega böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Javohir Sindorov amaldagi jahon çempioni – hindistonlik Gukeş Dommarajuga qarşi 2026 yilgi Jahon çempionligi uçun bahslarning ilk partiyasini oq donalarda boşlaşi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing