Sindorov eng köp daromad topgan şaxmatçilar uçligiga kirdi

Sport

−

visibility4392 timer1 daqiqa

image

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 2026 yilda dunyoning eng köp mukofot puli işlab topgan 3 nafar şaxmatçisi qatoridan joy oldi. Bu haqda “World Chess” xabar berdi. 

Jahon şaxmatining mukofot pullari böyiça yangilangan reytingiga köra, Özbekiston vakili turnirlardagi daromadi 589 061 dollarni taşkil etgan holda uçinçi örinda bormoqda.

Röyxatda hindistonlik 21 yoşli grossmeyster Rameşbabu Pragnanandha 666 229 dollar daromad bilan yetakçilik qilmoqda. U 13 ta turnirda iştirok etgan. Şaxmatçining eng yirik mukofoti joriy yilning avgust oyida Grand Chess Tour finalida qölga kiritilgan 200 000 dollar böldi. Pragnanandha hal qiluvçi bahsda amerikalik Fabiano Karuanani mağlub etgan. Karuananing özi 19 ta turnirda jami 664 326 dollar işlab topib, ikkinçi örinni egallagan.

Kuçli beşlikdan, şuningdek, beş karra jahon çempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen (555 959 dollar) va amerikalik Uesli So (494 257 dollar) ham joy olgan.

Biroq amaldagi jahon çempioni hindistonlik Gukeş Dommaraju va Javohir Sindorov örtasidagi jahon çempionligi uçun bahsdan keyin reytingda özgarişlar bölişi mumkin. Uşbu uçraşuvning sovrin jamğarmasi 2,5 million dollarni taşkil etadi.

Eslatib ötamiz, Gukeş Dommaraju va Javohir Sindorov örtasidagi jahon çempionligi uçun bahslar bugun, 24 noyabr kuni boşlanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing