Özbekiston Jahon bankidan yana 800 mln dollar qarz kötaradi

O‘zbekiston

−

visibility690 timer3 daqiqa

image

Jahon banki Özbekistondagi islohotlarni qöllab-quvvatlaş uçun 800 mln dollarlik moliyalaştiriş paketini ma’qulladi. Uşbu mablağlar yangi iş örinlarini yaratiş, xususiy sektorni rivojlantiriş va iqtisodiyotning ekologik barqarorligini oşirişga yönaltiriladi. Bu haqda Jahon banki matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 2029–2031 yillarda amalga oşirilişi rejalaştirilgan çora-tadbirlar natijasida 275 mingta qöşimça va sifatli iş örni yaratilişi kutilmoqda. Islohotlar mamlakatning barça hududlarida xotin-qizlar, fermerlar va tadbirkorlar uçun iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirişga ham xizmat qiladi.

Jahon banki kömagida ijtimoiy suğurta qamrovi, jumladan, homiladorlik va tuğiş, vaqtinça mehnatga layoqatsizlik böyiça nafaqalar kengaytiriladi. Şuningdek, xavfsiz va munosib mehnat şaroitlarini ta’minlaş mexanizmlari takomillaştirilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va oilalarga xizmat körsatiş sifati yaxşilanadi.

Davlat korxonalarini isloh qiliş va adolatli raqobat muhitini mustahkamlaş işlari davom ettiriladi. Bu xususiy biznesni rivojlantiriş, investitsiyalarni jalb qiliş, innovatsiyalarni joriy etiş va yangi iş örinlarini yaratiş imkoniyatlarini kengaytiradi.

Şu bilan birga, ma’lumotlarni xavfsiz transçegaraviy uzatiş qoidalari takomillaştiriladi. Bu korxonalarga raqamli texnologiyalar, bulutli xizmatlar va xalqaro raqamli platformalardan faolroq foydalaniş imkonini beradi. 2028 yilgaça dastur doirasida yana 500 ming nafar foydalanuvçi, jumladan, 250 ming nafar xotin-qiz keng polosali internet bilan ta’minlanişi közda tutilgan.

Energetika sohasida elektr energiyasi va tabiiy gaz bozorlarini tartibga soluvçi qoidalar hamda institutlar takomillaştiriladi. Elektr energiyasini işlab çiqariş va taqsimlaş sohalarida xususiy investitsiyalar uçun imkoniyatlar kengaytiriladi. 2028 yilgaça elektr energiyasi iste’molçilarining 15 foiziga xususiy operatorlar boşqaruvidagi taqsimlaş tarmoqlari orqali xizmat körsatiş rejalaştirilgan.

Fermer va çorvadorlarni qurğoqçilik, suv toşqinlari, keskin ob-havo hodisalari hamda qişloq xöjaligidagi boşqa xatarlardan himoya qiliş maqsadida suğurta xizmatlari kengaytiriladi. 2028 yilga borib fermer va çorvadorlarning 35 foizini suğurta bilan qamrab oliş közda tutilgan.

Bundan taşqari, savdo tartib-taomillari modernizatsiya qilinib, raqamlaştiriladi, taşqi savdo uçun “yagona darça” tizimi mustahkamlanadi va çegaradagi rasmiylaştiriş jarayonlari soddalaştiriladi. Bu korxonalarga xalqaro savdoni kamroq xarajat bilan amalga oşiriş, şuningdek, Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayoniga xizmat qiladi.

Şuningdek, binolarning energiya samaradorligi standartlari takomillaştiriladi. Korxonalarga atrof-muhit ifloslanişi va energiya sarfini kamaytiruvçi texnologiyalarga sarmoya kiritiş uçun rağbatlar beriladi. 2028 yilgaça energiya samaradorligini oşirişga 10 mln dollar xususiy investitsiya jalb qiliş va taqsimlangan qayta tiklanuvçi energiya manbalari quvvatini 3 000 MVtga yetkaziş rejalaştirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Jahon banki Özbekistonga Samarqand viloyatida birlamçi tibbiy-sanitariya yordami tizimini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratişni ma’qullaganligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing