Özbekiston sayyohlar uçun eng xavfsiz davlatlar qatoriga kirdi
O‘zbekiston
−
162 2 daqiqa
Özbekiston 2027 yilda sayohat qiliş uçun eng xavfsiz davlatlar reytingidan joy oldi. Mamlakat 198 ta davlat orasida 81,03 ball bilan “eng yuqori xavfsizlik” toifasiga kiritildi. Bu haqda “CEOWORLD Magazine” naşri xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, CEOWORLD Magazine tomonidan e’lon qilingan 2027 yilgi Travel Safety Ranking reytingida Özbekiston sayohat xavfsizligi darajasi juda yuqori bölgan mamlakatlar qatorida qayd etilgan. Turizm qömitasi matbuot xizmatining bildirişiça, bu e’tirof mamlakatda tinçlik va barqarorlikni ta’minlaş, jamoat xavfsizligini mustahkamlaş hamda xorijiy sayyohlar uçun osoyişta muhit yaratiş borasida amalga oşirilayotgan işlar xalqaro miqyosda tan olinayotganini anglatadi.
Reytingda Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari ham xavfsizlik darajasi yuqori mamlakatlar sifatida e’tirof etilgan. Jumladan, Qozoğiston 44-örin, Turkmaniston 57-örin, Qirğiziston 65-örin va Tojikiston 73-örinni egallagan.
Ma’lumotlarga köra, Özbekistonning reytingdagi yuqori körsatkiçida mamlakatdagi tinçlik va barqarorlik, jamoat tartibi hamda içki osoyiştalik muhim omillar sifatida baholangan. Xususan, 2026 yilgi Global Peace Index natijalarida ham Özbekiston dunyoning tinç mamlakatlari qatorida qayd etilgan.
Reytingning dastlabki öntaligidan quyidagi davlatlar joy olgan:
- Singapur – 89,72 ball;
- Yaponiya – 88,91 ball;
- Islandiya – 88,73 ball;
- Sloveniya – 88,63 ball;
- Şveysariya – 88,47 ball;
- Çexiya – 86,63 ball;
- Finlyandiya – 86,50 ball;
- Avstriya – 86,49 ball;
- Portugaliya – 86,17 ball;
- Tayvan – 85,44 ball.
Reytingda eng oxirgi örinni 12,98 ball bilan Gaiti egallagan. Afğoniston, Janubiy Sudan, Yaman va Rossiyada ham sayohat xavfsizligi darajasi past deb baholangan.
Ma’lumot uçun, AQŞ Davlat departamenti ham Özbekistonni amerikalik sayyohlar uçun xavfsiz sayohat yönalişi sifatida baholagan. Xususan, mamlakatga sayohat qiliş böyiça tört darajali xavfsizlik tavsiyalari tizimining birinçi darajasi – “Odatiy ehtiyot çoralariga rioya qiliş” (Exercise Normal Precautions) belgilangan. Bu mamlakatda sayohatçilar uçun xavfsizlik bilan boğliq xavflar eng past darajada ekanini anglatadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2026 yilgi EF English Proficiency indeksiga köra, Özbekiston aholisi ingliz tilini biliş darajasi juda past mamlakatlar qatoridan joy egallagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi