Sindorov Özbekiston tarixiga kirdi. Mirziyoyev Iordaniyada – Qalampir.uz dayjesti

Tahlil

−

visibility357 timer6 daqiqa

Reklama
0:00

Söngi 24 soat içida Özbekiston va jahon miqyosida sodir bölgan va şu kabi muhim hodisalar tafsiloti bilan Qalampir.uz dayjesti.

Özbekiston va Iordaniya yetakçilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning taklifiga binoan joriy yilning 23–24 noyabr kunlari davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatga bordi. Malika Aliya nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husayn va malikasi Raniya al-Abdulla kutib oldi.

Joriy yilning 24 noyabr kuni Ammon şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Iordaniya Hoşimiylar Podşohi rafiqalari iştirokida uçraşuv ötkazdi. Oliy darajadagi taşrif arafasida taşkil etilgan qator tadbirlar davlatlar örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi ta’kidlangan. Uçraşuvdan söng ikki mamlakat yetakçilarini oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlaş marosimi bölib ötgan.

Şavkat Mirziyoyevga Iordaniyaning eng oliy davlat mukofoti hisoblangan – “Al Husayn ibn Ali” ordeni tantanali ravişda topşirilgan. Özbekiston rahbari esa Iordaniya Podşohini mamlakatlar örtasidagi yaqin döstlik munosabatlari va özaro anglaşuvni mustahkamlaş, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni izçil rivojlantirişga qöşgan salmoqli hissasi uçun “Oliy Darajali Döstlik” ordeni bilan taqdirlagan.

Sindorov va Dommaraju jahon çempionligi uçun kuraşni boşladi

Joriy yilning 24 noyabr kuni özbekistonlik Javohir Sindorov va hindistonlik Gukeş Dommaraju şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun bahsni boşladi. Ilk partiya Jeneva yaqinidagi Koloni şahrida joylaşgan Martin Bodmer jamğarmasida ötkazilgan. Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlangan bahs murosasiz keçdi. Ikkinçi partiya joriy yilning 25 noyabr kuni ötkaziladi. Amaldagi jahon çempioni va unga da’vogarning har ikkalasi ham 20 yoşda. Jahon şaxmati tarixida çempionlik uçun bunday yoşdagi ikki şaxmatçi örtasida bahs heç qaçon ötkazilmagan. Gukeş 2024 yil dekabr oyida Singapurda qölga kiritgan jahon çempionligi unvonini ilk bor himoya qiladi. Biroq amaldagi çempion uçun unvonini himoya qiliş oson bölmasligi mumkin. Noyabr oyidagi Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingida Gukeş 2710 oçko bilan 26-örinda bormoqda. Sindorov esa 2782 oçko bilan törtinçi örinni egallagan. Özbekistonlik şaxmatçining ustunligi 72 oçkoni taşkil etadi.

Sindorov Kiprda ötkazilgan Da’vogarlar turnirida ğalaba qozonib, jahon çempionligi uçun bahsga yöllanma oldi. U 14 ta partiyada 10 oçko töpladi, biror marta mağlubiyatga uçramadi va bir tur qolganidayoq birinçi örinni kafolatladi. Bunga qadar grossmeyster 2025 yilgi FIDE Jahon kubogida ham ğolib çiqqan. U Özbekiston tarixida mutlaq jahon çempionligi uçun bahsda iştirok etadigan ilk şaxmatçi böldi.

Jahon çempionligi uçun bahs klassik şaxmat qoidalari asosida maksimal 14 ta partiyadan iborat böladi. Ğalaba qozoniş uçun şaxmatçilardan biri 7,5 oçko töplaşi kerak. Har bir iştirokçiga dastlabki 40 ta yurişni amalga oşiriş uçun ikki soat, keyingi öyin qismi uçun esa qöşimça 30 daqiqa vaqt beriladi. 41-yurişdan boşlab har bir yuriş uçun 30 soniyadan qöşib boriladi.

Musobaqaning umumiy sovrin jamğarmasi 2,5 million dollarni taşkil etadi. Agar ğolib tay-breykda aniqlansa, ğolib 1,3 million dollar, mağlub esa 1,2 million dollar mukofot puliga ega böladi.

Eron AQŞdan tovon puli undirmoqçi

Eron AQŞdan umumiy qiymati 290 milliard dollar miqdorida tovon puli undiriş niyatida. Bu haqda Eron Islom Respublikasi sud hokimiyati organlarining advokatlar, rasmiy ekspertlar va maslahatçilar markazi rahbari Hasan Abdolianpur ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, sud qarorlarini ijro etiş doirasida “AQŞga tegişli bir neçta kema uşlab qolingan” va tayinlangan tovon pulining bir qismi ular hisobidan qoplanadi.

“Tehron çiqarilgan barça hukmlarning sözsiz ijro etilişiga erişiş niyatida”, deydi u.

Qayd etilişiça, avvalroq Eron sudlari AQŞga qarşi taxminan 40 milliard dollar miqdorida, xususan, bullyoz epidermoliz bilan oğrigan bemorlar işi böyiça qarorlar çiqargan bölib, bu bir neçta tanker va quruq yuk taşuvçi kemalarning musodara qilinişiga olib kelgan.

Bundan taşqari, Eron Iordaniya va boşqa arab davlatlariga qarşi da’vo arizalari kiritib, ularning hududlaridan AQŞ tomonidan Eronga zarba beriş uçun foydalanilgani sababli tovon puli talab qilmoqda. Eron rasmiylari tovon pulini qoplaş uçun Hormuz böğozi va Fors körfazida Amerika va Isroil savdo kemalarini qölga oliş hamda keyinçalik sotiş kabi variantlarini ham körib çiqmoqda. Içki sudlar bilan bir qatorda Eron milliardlab dollarlik eski da’volar böyiça xalqaro arbitrajlarda ham köp yillik sud jarayonlarini davom ettirmoqda.

“Yevropadagi bazalarni nişonga olamiz”. Eron Trampning tahdidiga javob qaytardi

Eron parlamentining milliy xavfsizlik va taşqi siyosat komissiyasi raisi örinbosari Abbos Muqtadoiy tajovuz sodir etilgan taqdirda Yevropaning bir qator davlatlaridagi Amerika bazalari nişonga aylanişi mumkinligidan ogohlantirdi.

“Biz uçun AQŞning Buyuk Britaniya, Germaniya va Bolgariyadagi bazasi Bahrayndagi Amerika bazasidan heç qanday farq qilmaydi. Hatto biror mamlakat hududidan Eronga qarşi harakatlar uçun foydalanilsa ham, u Eronning javob çoralari doirasida nişonga aylanişi mumkin”, deydi u.

Muqtadoiyning qöşimça qilişiça, dastlab Yevropa davlatlari AQŞ yönalişiga qöşiliş niyatida emasliklarini bildirgan, biroq keyinçalik Vaşington Yevropaning bir qator davlatlari bilan ularning hududlari va harbiy bazalaridan foydalaniş böyiça muzokaralarni boşlagan.

Eron Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bağoiy esa Tehron AQŞning dengiz blokadasiga qarşi turiş uçun turli vositalarni, jumladan, “mudofaa” vositalarini işga solişga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

“Eron özini himoya qiliş va bu turdagi xurujlarga qarşi turiş uçun har qanday vositadan foydalanişga haqli. Hokimiyatning oliy böğinlari qarşilik körsatiş vositalari va mexanizmlari yuzasidan allaqaçon qaror qabul qilgan bölib, ular siyosiy, diplomatik va mudofaa çoralarining butun bir qatlamini öz içiga oladi va ularning aksariyati amalga oşirilmoqda”, deydi u brifing çoğida Eron tomonidan dengiz blokadasi yorib ötilişi ehtimoli haqidagi savolga javoban.

Şu bilan birga, Eron davlat teleradiokompaniyasi “AQŞ dengiz blokadasini yorib ötiş uçun Eron tankerlari karvoni harakatni boşlamaganini” xabar qilgan.

 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing