Qozoğiston kömiri Özbekistonga yetib kelgunça qimmatlaşmoqda. Tadbirkorlar taşiş xarajatlaridan şikoyat qildi
O‘zbekiston
−
467 8 daqiqa
Qozoğistondan import qilinadigan “Şubarkol” kömirining bir tonnasi bojxonada 40 dollardan rasmiylaştirilsa-da, issiqxona xöjaliklariga yetgunça 110 dollargaça qimmatlaşmoqda. Bu haqda joriy yilning 16 noyabr kuni Savdo-sanoat palatasi tomonidan taşkil etilgan oçiq muloqotda tadbirkor Xurşid Ahmedov ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, uçraşuvda issiqxona mahsulotlari tannarxini oşirayotgan omillar, yoqilği ta’minoti va import kömirini yetkazib berişdagi muammolar muhokama qilingan. Tadbirkorlar, xususan, temiryöl logistikasi, kömirni tuşiriş va saqlaş xarajatlari, şuningdek, vositaçilarning savdo ustamalari yoqilğining yakuniy narxiga sezilarli ta’sir körsatayotganini ta’kidlagan.
Kömir narxi çegaradagi qiymatidan qariyb uç baravar oşmoqda
Issiqxona xöjaliklarining asosiy xarajatlaridan biri, ayniqsa sovuq mavsumda isitiş uçun sarflanadigan yoqilği hisoblanadi. Tadbirkor Xurşid Ahmedovning fikriça, işçi kuçi xarajatlari nisbatan past bölişiga qaramay, qişda issiqxonalarni isitiş mahsulot tannarxining oşişiga sabab bölmoqda.
“Bizda işçi kuçi arzon. Hammaning öz joyi bor, heç kim arendada emas, boşqada emas. Asosiy omil va muammo – yoqilği”, deydi u.
Ahmedov bu muammoni Qozoğistondan keltiriladigan “Şubarkol” kömiri misolida tuşuntirgan. Uning aytişiça, mazkur yoqilğining bojxonada rasmiylaştirilgan qiymati 2024, 2025 va 2026 yillarda ham bir tonna uçun 40 dollar atrofida bölgan. Biroq mahsulot issiqxona egalariga yetgunça uning narxi 110 dollargaça kötarilmoqda.
“Qozoğistondan kiradigan “Şubarkol” brendi ostidagi kömir bojxonadan 40 dollardan ötib keladi. Bojxonadan biz kötarganmiz bu ma’lumotlarni, 2024, 2025, 2026 yil uçun 40 dollar narx belgilangan. Lekin, afsuski, bu narsa issiqxonaçigaça yetib kelgunça 110 dollargaça oşib ketyapti”, deydi u.
Demak, keltirilgan misolda bir tonna kömirning narxi çegaradagi rasmiy qiymatga nisbatan 70 dollarga yoki 2,75 baravarga oşmoqda.
Şu bilan birga, uşbu farqni faqat transport xarajatlari bilan izohlab bölmaydi. Kömirni temiryölda taşiş, vagonlardan tuşiriş, qayta yuklaş, omborlarda saqlaş va stansiyadan iste’molçigaça avtomobil transportida yetkaziş kabi jarayonlar ham yakuniy narxga ta’sir qilişi mumkin. Bundan taşqari, soliqlar va vositaçilarning ustamalari ham umumiy xarajatlarga qöşiladi.
Kömirni tuşiriş maydonlari va vositaçilar masalasi
Tadbirkor narx oşişiga sabab bölayotgan omillardan biri sifatida temiryöl infratuzilmasidan foydalaniş tartibini körsatgan. Uning ta’kidlaşiça, importyor kömirni Qozoğistondagi işlab çiqaruvçidan mustaqil ravişda sotib olgan taqdirda ham, uni Özbekistonda tuşiriş va keyingi manzilga yetkaziş uçun qöşimça xarajatlarga duç keladi.
Ahmedovning aytişiça, avval mamlakatda kömirni vagonlardan tuşirişga möljallangan 66 taga yaqin maxsus maydon bölgan. Tadbirkorlar orasida “vetka” deb ataladigan uşbu temiryöl şoxobçalari bir korxona tasarrufida bölganini u alohida qayd etdi.
“Şu paytgaça Özbekistonda 66 ta kömir tuşiriladigan ombor bor ekan. Ya’ni, bizning tilimizda, xalq tilida “vetka” deyiladi. Şu vetkalarning hammasi “Kömirsanoat” degan bitta korxonaning qölida bölgan ekan. Prezidentimiz mana şu narsani bekor qilib, buni birjaga, ya’ni bozorga olib kirsin, hamma olib kirib, hamma foydalansin, dedi”, deydi tadbirkor.
U öz tajribasini ham misol qilib keltirgan. Xususan, 2022 yilda Qozoğistondan kömirni töğridan töğri import qilişga harakat qilganida, yoqilğini vagondan tuşiriş uçun şoxobça egasiga qöşimça haq tölaş zarurati tuğilgan.
“2022 yilda özim Qozoğistonga çiqib, kömir olib kiradigan bölganimda, bilasizmi, nima muammo böldi? Men kömirga özim pul tölab, konvertatsiya qilib, pul tölab olib kirganimda ham, men kömir tuşiriş uçun omborxonaçiga, öşa “vetka” egasiga ortiqça pul tölaşim kerak. Ikki ön beş – bir öttiz. Keyin oxiri men nima qildim? “Qöying, şu iş bilan siz şuğullaning”, deyman. Tannarx şu bilan sun’iy ravişda kötarilyapti”, deydi u.
Tadbirkorning fikriça, bunday vaziyatda issiqxona egalari kömirni mustaqil import qilişdan köra, uni olib kiriş, tuşiriş va sotiş jarayonlarini taşkillaştiruvçi vositaçilar xizmatidan foydalanişga majbur böladi. Bu esa yoqilğining iste’molçigaça bölgan narxini yanada oşiradi.
Muammolar faqat tuşiriş maydonlari bilan çeklanmaydi. Temiryöl vagonlari va şoxobçalarining yetişmasligi ham kömir ta’minotini qiyinlaştirmoqda. Uçraşuvda 2023 yilda issiqxona xöjaliklarini markazlaşgan tarzda kömir bilan ta’minlaş masalasi kötarilganida ham şu kabi tösiqlar yuzaga kelgani aytilgan.
“2023 yilda ham bu masala kötarilganda, biz hisob-kitob qilganimizda, ularni u darajada olib keliş uçun temiryöl vetkalari, vagonlar degan masalada ham öşa paytda yeçim topa olmaganmiz. Balki, hozir bunda yangilik bölib qolar. Bu ham öşa kömirni markazlaşgan holda olib kelişga qiyinçilik beradi”, deydi uçraşuv iştirokçilaridan biri.
Tadbirkorlar kömirni avtomobil transportida import qilişga ruxsat söramoqda
Oçiq muloqotda kötarilgan yana bir masala – import kömirini Özbekistonga olib kirişda transport turi böyiça belgilangan talablar bölgan.
Xurşid Ahmedovning aytişiça, Qozoğistondagi ayrim yetkazib beruvçilar kömirni avtomobil transportida Özbekiston çegarasigaça yetkazib berişga tayyor. Biroq mamlakatga import qilişda temiryöldan foydalaniş talabi mavjudligi sababli tadbirkorlar bunday imkoniyatdan foydalana olmayapti.
U Toşkentga yaqin joylaşgan Çernyayevka hududidagi kömir sotuvçilari bilan boğlanganini va ular avtomobil transportida ham mahsulot yetkazib berişga tayyorligini bildirgan.
“Qozoğistondagi tadbirkorlarga çiqdik. 10 kilometrdagi Çernyavkada aynan kömir olib sotadigan tadbirkor aytib turibdi: “Bizda bu narsaning narxi 32. Xohlasang furaga, xohlasang qopga, xohlasang Damas’ga yuklab beraman, olib ket”. Lekin bizda, aynan Toşkent atrofidagi “tamojnya”da şunday çeklov borki, faqat temir yöl orqali olib kiriş mumkin”, deydi Ahmedov.
Muhokama çoğida davlat organi vakili uşbu çeklov Qozoğiston yoki Özbekiston tomonidan belgilanganiga aniqlik kiritişni söragan. Tadbirkor esa talab Özbekiston tomonidan joriy etilganini aytgan.
Ahmedovning aytişiça, temiryöl orqali taşiş majburiyati kömir yetkazib beriş muddatlariga ham ta’sir qilmoqda. Ayniqsa, qiş mavsumida vagonlarga talab ortib, ularni taqsimlaşda aholi va çekka hududlarni yoqilği bilan ta’minlaş ustuvor ahamiyat kasb etadi. Natijada tadbirkorlar buyurtmalari ikkinçi darajaga tuşib qolişi mumkin.
“Hozir temiryölda vagonlar yetişmayapti. Qişda davlat, avvalo, çekka qişloqlarni kömir bilan ta’minlaşi kerak, şuning uçun tadbirkorlar ikkinçi öringa suriladi”, deydi Ahmedov.
Uning fikriça, ayniqsa kiçik issiqxona xöjaliklari uçun avtomobil transportidan foydalaniş imkoniyati muhim. Çunki ular kömirni katta partiyalarda emas, balki öz ehtiyojidan kelib çiqib, nisbatan kam miqdorda xarid qilişga tayyor.
Kömir importi faqat temiryöl orqali amalga oşirilişi belgilangan
Import kömirini taşiş usuliga oid talablar 2026 yilda davlat darajasida ham muhokama qilingan. 26 may kuni Prezidentga kömir sanoatini rivojlantiriş böyiça rejalar taqdim etilganida, sohada bozor mexanizmlarini joriy etiş masalasi kötarilgan. Şuningdek, import qilinadigan yoqilği uçun kaloriyalilik, oltingugurt va boşqa aralaşmalar miqdoriga doir ekologik hamda sifat talablarini belgilaş rejalari ma’lum qilingan.
Taqdimot böyiça rasmiy xabarda keyingi bosqiçda kömir importi faqat temiryöl orqali amalga oşirilişi qayd etilgan. Şunga öxşaş tuşuntiriş “Özbekkömir” AJ rasmiy saytida ham e’lon qilingan. Kompaniyaning 2026 yil 5 sentyabrda yangilangan ma’lumotida import kömirini Özbekistonga faqat temiryöl transporti orqali olib kiriş mumkinligi körsatilgan.
Biroq kompaniya tayanayotgan 2026 yil 30 iyuldagi 418-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori matnida kömirni yetkazib beriş, hisobga oliş va temiryöl orqali taşiş mexanizmlari nazarda tutilgan bölsa-da, avtomobil transportida import qilişni umumiy tarzda töğridan töğri taqiqlovçi alohida norma yöq.
Qozoğiston Özbekistonga qança kömir eksport qilmoqda?
Qozoğiston Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga köra, 2026 yilning yanvar-sentyabr oylarida mamlakat Özbekistonga qariyb 1,02 mln tonna kömir eksport qilgan. Eksportning umumiy qiymati 23,1 mln dollarni taşkil etgan.
Şundan kelib çiqib hisoblaganda, bir tonna kömirning örtaça statistik eksport qiymati taxminan 22,73 dollarga teng bölgan. Taqqoslaş uçun, Qozoğiston şu davrda jami 21,3 mln tonna toşkömirni 536,6 mln dollarga eksport qilgan. Uşbu hajm böyiça örtaça eksport qiymati bir tonna uçun 25,2 dollarni taşkil etgan.
Biroq bu raqamlar faqat tegişli tovar toifasi böyiça umumiy eksport körsatkiçlarini aks ettiradi. Ular orasida “Şubarkol” markasidagi kömirning alohida narxi ajratilmagan. Şuningdek, eksport statistikasi yakuniy xaridorgaça bölgan taşiş, omborda saqlaş va savdo ustamalari kabi xarajatlarni qamrab olmaydi.
Live
Barçasi