Özbekistonda 12 yillik ta’limga ötiş: qonun loyihasi Senatga yuborildi

O‘zbekiston

−

visibility312 timer5 daqiqa

image

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining keça, 24 noyabr kuni bölib ötgan navbatdagi majlisida deputatlar bir yillik maktabga tayyorlovni majburiy umumiy örta ta’limning dastlabki bosqiçi sifatida belgilaşni nazarda tutuvçi qonunni qabul qildi. Unga köra, majburiy umumiy örta ta’lim muddatini 11 yildan 12 yilgaça uzaytiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, qonun loyihasi “Maktabgaça ta’lim va tarbiya töğrisida” gi hamda “Ta’lim töğrisida” gi qonunlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutadi. Unga muvofiq, bir yillik maktabga tayyorlov maktabgaça ta’lim va umumta’lim taşkilotlarida taşkil etiladi. Şuningdek, har bir bolaning bunday tayyorgarlikdan ötiş huquqi davlat tomonidan kafolatlanadi.

Maktabga tayyorlov bepul böladi

Deputat Sayyora Imomovaning ma’lum qilişiça, hozirda mamlakatda maktabgaça ta’lim bilan qamrov 78 foizga, olti yoşli bolalar qamrovi esa 98 foizga yetgan. Majburiy bir yillik maktabga tayyorlov tizimiga ötiş 2018 yilda boşlangan. 2027 yilda olti yoşli bolalarni uşbu tayyorlov bilan qamrab oliş körsatkiçini 100 foizga yetkaziş maqsad qilingan. Qonunga köra, majburiy maktabga tayyorlov maktabgaça ta’lim taşkilotlarida, maktablarning böş sinfxonalarida, şuningdek, maktab va boğçalar mavjud bölmagan çekka hududlardagi ijtimoiy soha ob’ektlarida taşkil etiladi. Bunday ob’ektlar qatoriga “Kelajak” markazlari va boşqa ta’lim maskanlari ham kiradi.

Deputatning aytişiça, hozirda 4 mingdan ortiq maktabda böş turgan xonalar negizida tayyorlov guruhlari taşkil etilgan. Şuningdek, yana 191 ta maktabda 246 ta tayyorlov guruhini oçiş rejalaştirilgan. Maşğulotlarga maktabgaça ta’lim taşkilotlarida boğça tarbiyaçilari, maktablarda esa yuqori malakali pedagoglar jalb etiladi. Hozirda tayyorlov guruhlari pedagog kadrlar bilan 98 foiz ta’minlangan. Bu körsatkiçni 100 foizga yetkaziş uçun qöşimça 800 ta guruh taşkil etiş va qariyb 20 mingta yangi örin yaratiş talab etiladi. Bu bilan boğliq xarajatlar 2027 yilgi davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

Deputat ta’kidlaşiça, davlat muassasalari, maktablar va boğçalarda maktabga tayyorlov bepul amalga oşiriladi. Şu bilan birga, ota-onalar farzandini xususiy boğça yoki maktabda tayyorlaşni ham tanlaşi mumkin. Qonun nodavlat ta’lim taşkilotlarida ham tayyorlov guruhlarini taşkil etişga ruxsat beradi.

Bunday guruhlarda maşğulotlar alohida dastur asosida ötkaziladi. Bolalarga dastlabki bilim va tuşunçalar öyin usuli orqali singdiriladi. Keyinçalik ta’lim dasturlari xalqaro amaliyot talablariga muvofiq bosqiçma-bosqiç moslaştirib boriladi.

Olti yoşli bolalarning maqomi qanday böladi?

Deputat Saydullo Azimov olti yoşli bolalar yangi tizimda maktab öquvçisi yoki maktabgaça yoşdagi bola sifatida hisoblanişiga aniqlik kiritişni söradi. Uning ta’kidlaşiça, bu masala kelgusida statistik ma’lumotlarga ham ta’sir qilişi mumkin. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departamenti boşliği Erkin Murodov amaldagi “Maktabgaça ta’lim va tarbiya töğrisida” gi qonunda maktabgaça yoş 7 yoşgaça bölgan davr sifatida belgilanganini aytdi. Uşbu ta’rif bolalarning maktabgaça ta’lim taşkilotlarida böliş davrini töliq qamrab oladi va özgarişsiz qoladi.

Uning sözlariga köra, olti yoşli bolalarning aksariyati töliq kunlik guruhlarga qatnaydi. Agar maktabgaça yoş bilan boğliq ta’rif özgartirilsa, farzandlarini maktabgaça ta’lim taşkilotlariga bergan qariyb 600 ming nafar ota-ona uçun qiyinçilik yuzaga kelişi mumkin. Deputat Dilmurod Ortiqov esa qömita tomonidan masala örganilganda qonunçilikda “maktab yoşi” tuşunçasi mavjud emasligi aniqlanganini bildirgan. Uning ta’kidlaşiça, asosiy maqsad bir yillik tayyorlovni umumiy örta ta’limning alohida bosqiçi sifatida belgilaşdan iborat.

Tayyorlov uçun ijtimoiy ob’ektlar ham jalb qilinadi

Erkin Murodovning ma’lum qilişiça, ötkazilgan tahlillarga köra, mamlakatda maktabga tayyorlov jarayonini taşkil etiş mumkin bölgan 101 ta ijtimoiy ob’ekt mavjud. Ular qatoriga texnikumlar, mahalliy idoralar, musiqa va san’at maktablari kiradi. Uşbu ob’ektlarda kiçik guruhlar taşkil etilgan. Taşkiliy jarayon, uslubiy işlar va pedagoglar faoliyati maktabgaça ta’lim taşkiloti tomonidan muvofiqlaştiriladi. Şuningdek, ijtimoiy ob’ektlarning alohida reyestri yuritiladi. Maktabga tayyorlovni taşkil etiş mumkin bölgan joylar röyxati esa keyingi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilanadi.

Qonunçilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov tayyorlov taşkil etiladigan aniq joylarni körsatiş örniga, har bir bolaning majburiy bir yillik maktabga tayyorlovdan ötiş huquqi davlat tomonidan kafolatlanişini belgilaşni taklif qildi. Uning aytişiça, maktabga qatnay olmaydigan bolalar uçun öqituvçilarning uyga borib dars ötişi tizimi ham mavjud.

Deputatlar qonunning kuçga kiriş muddatini ham muhokama qildi. Yangi tizimni joriy etiş uçun ta’lim muassasalarini tayyorlaşga kamida olti oy vaqt kerakligi ta’kidlandi.

Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan. U yerda körib çiqilganidan söng hujjat Prezident tomonidan imzolanişi kerak.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing