11 yildan keyin futbolga qaytgan Ronaldino jamoasi bilan ğalaba qozondi

Sport

−

image

Keça, 15 noyabr kuni Italiyaning uçinçi divizionida iştirok etuvçi “Ravenna” jamoasi 14-tur doirasida öz maydonida “Forli”ni 2:0 hisobida mağlub etdi.

Uçraşuvda Julio Donati 36-daqiqada hisobni oçdi. 58-daqiqada esa Simone Rabbi jamoaning ikkinçi golini kiritdi.

“Ravenna”ning asosiy tarkibida 2005 yilgi “Oltin töp” sohibi Ronaldino ham maydonga tuşdi va ikkinçi bölim avvalida zaxiraga olindi. Braziliyalik sobiq futbolçi iyun oyida klubga qöşilgan. Şuningdek, u klubga sarmoya ham kiritgan.

46 yoşli Ronaldino uçun mazkur uçraşuv 11 yillik tanaffusdan keyingi ilk professional öyin böldi. U 2015 yilda futbolçilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.

Ğalabadan söng “Ravenna” 32 oçko bilan turnir jadvalida ikkinçi örinda bormoqda. “Forli” esa 15 oçko bilan 15-poğonadan joy olgan.

Keyingi turda, joriy yilning 22 noyabr kuni “Ravenna” safarda “Livorno” bilan öynaydi. “Forli” esa öz maydonida “Redjiana”ni qabul qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing