Meta foydalanuvçilarni yaşirin kuzatgani uçun yirik jarimaga tortildi
Olam
−
11:33 181 1 daqiqa
Italiyaning şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş böyiça vakolatli organi Meta kompaniyasini 805 million yevro jarimaga tortdi. Bunga Android qurilmalaridagi Facebook ilovasi orqali foydalanuvçilarning şaxsiy fotosurat va videolariga alohida roziliksiz kirilgani sabab böldi. Bu haqda ANSA xabar berdi.
Gap Facebook ilovasidagi “Galereyadan tavsiyalar oliş” funksiyasi haqida ketmoqda. U foydalanuvçilarga ijtimoiy tarmoqni körib çiqiş jarayonida telefon galereyasidagi foto va videolarni post uçun ğoya sifatida taklif qiladi.
Tekşiruv davomida kompaniya galereyaga kiriş uçun alohida rozilik olmagani, balki butun ilova uçun möljallangan umumiy ruxsatdan foydalangani aniqlangan. Bundan taşqari, mazkur funksiya dastlabki holatdayoq faol bölgan.
Endi Meta uşbu funksiya uçun foydalanuvçilardan alohida rozilik olişi, uning işlaş tartibini tuşuntirişi va dastlabki holatda öçirilgan bölişini ta’minlaşi kerak. Kompaniyaga talablarni bajariş uçun 60 kun muhlat berilgan.
Ma’lumot uçun, Italiyadagi uşbu holat taxminan 20 million Android foydalanuvçisiga ta’sir körsatişi mumkin.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr