Endi Rossiyada kam pul topadiganlarning patenti bekor qilinadi
Olam
−
13:04 251 4 daqiqa
Rossiya Içki işlar vazirligi (IIV) 2027 yildan boşlab mehnat migrantlarining daromadi mintaqaviy belgilangan çegaradan past bölsa, patentlarni bekor qiladi. Bu haqda IIV migratsiya xizmatiga tayanib, “The Insider” xabar berdi.
Qayd etilişiça, tekşiruv vaqtida xodimning özi va Rossiyada uning qaramoğida bölgan har bir voyaga yetmagan bola hisobga olinadi. Ikki nafar farzandini yolğiz özi ta’minlaydigan işçi uçun uşbu çegara Vologda viloyatida oyiga 61,3 ming rublni, Samara viloyatida esa 85,6 ming rublni taşkil etadi. Kareliya uçun 2025 yildagi örtaça iş haqi ma’lumotlari böyiça hisob-kitoblar 247,3 ming rublni körsatmoqda.
IIV migratsiya xizmatining ma’lum qilişiça, iş haqi töğrisidagi ma’lumotlarning mavjud emasligi ham patentni bekor qiliş uçun yana bir asos böladi. Soliq xizmati oktyabr oyidan buyon IIVga xorijiy işçilarga tölangan tölovlar haqida ma’lumotlarni taqdim etib kelmoqda. Patentni bekor qilişning yangi asoslari 2027 yildan olingan daromadlarga nisbatan qöllaniladi.
Turli mintaqalarda qança daromad topiş kerak?
Federal qonunga köra, aholi jon boşiga töğri keladigan yaşaş minimumi mintaqa tomonidan belgilanadigan koeffitsiyentga köpaytiriladi. Bir kişi uçun olingan summa Rosstat IIVga ma’lumot taqdim etgan sönggi kalendar yil uçun mintaqadagi örtaça hisoblangan iş haqi miqdori bilan çegaralanadi. Agar xodim voyaga yetmagan bolalarni yolğiz özi ta’minlasa, patentni tekşirişda ularning har biri uçun yana bitta şunday minimum qöşiladi.
Vologda viloyati 1 koeffitsiyentini belgilagan, şu bois çegara yaşaş minimumiga – kişi boşiga 20,4 ming rublga teng. Bir nafar farzandi bor xodimga oyiga 40,9 ming rubl, ikki nafar farzandi bor xodimga esa 61,3 ming rubl daromad zarur böladi. Samara viloyati dumasi 1,5 koeffitsiyentini ma’qullagan. 19 ming rubllik yaşaş minimumi şaroitida bu bir nafar xodim uçun 28,5 ming rublni, bir farzandli xodim uçun 57 ming rublni va ikki farzandli xodim uçun 85,6 ming rublni taşkil etadi.
Kareliya 22,4 ming rubllik yaşaş minimumi bilan 3,9 koeffitsiyentini tasdiqlagan. Formula böyiça kişi boşiga 87,6 ming rubl çiqadi, biroq Kareliyastat ma’lumotlariga köra, respublikada 2025 yil uçun örtaça hisoblangan iş haqi 82,4 ming rublni taşkil etgan. Agar IIV uşbu körsatkiçni qöllasa, çegara farzandsiz xodim uçun 82,4 ming rublni, bir farzandli xodim uçun 164,9 ming rublni va ikki farzandli xodim uçun 247,3 ming rublni taşkil qiladi. Bu Vologda viloyatidagidan taxminan tört barobar köpdir.
Novgorod viloyatida rasmiylar 1,1 koeffitsiyentini taklif qilgan. Loyihaning tuşuntiriş xatida kişi boşiga 21,8 ming rubl yoki ikki nafar farzandi bor xodim uçun 65,4 ming rubl miqdoridagi çegara körsatilgan. Murmansk viloyatida esa 1 koeffitsiyenti taklif etilgan. Tasdiqlangan yaşaş minimumi bilan bu kişi boşiga 27,5 ming rublni yoki ikki nafar farzandi bor xodim uçun 82,4 ming rublni taşkil etadi.
Tambov viloyati gubernatori Yevgeniy Pervişov 4 koeffitsiyentini taklif qilgan. 16,8 ming rubllik yaşaş minimumida formula örtaça iş haqi böyiça çeklov qöllanilgunga qadar kişi boşiga 67,1 ming rublni körsatadi. Loyiha mualliflari yuqori çegara viloyatga kelayotgan xorijliklarning işlamaydigan oila a’zolari sonini kamaytirişiga umid qilmoqda.
Ayrim hollarda ota-onaning har ikkalasining daromadi hisobga olinadi
Agar bola er-xotinning har ikkalasining qaramoğida bölsa va IIVda ularning har birining iş haqi töğrisida ma’lumot mavjud bölsa, idora ularning umumiy daromadini hisobga oladi. Qonun patentni birinçi marta rasmiylaştirayotganlar hamda faqat jismoniy şaxslar qölida şaxsiy yoki uy-rözğor ehtiyojlari uçun işlaydigan xorijliklar uçun istisnolarni nazarda tutadi.
Jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği böyiça avans tölovi muddati ötkazib yuborilganda patentning amal qiliş muddati töxtatiladi. Iyul oyida qabul qilingan tuzatişlarga muvofiq, kam iş haqi patentni bekor qiliş uçun mustaqil asosga aylanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Içki işlar vaziri Vladimir Kolokolsev mamlakatga qarindoşlari bilan kelgan xorijiy xodimlar ular uçun soliq tölaşi şart bölişini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi