Ukraina dronlari Kaliningradga ketayotgan kemaga hujum qildi
Olam
−
17:04 326 1 daqiqa
Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko Finlyandiya körfazining neytral suvlarida Ukraina dronlari Kaliningradga yöl olgan yuk kemasiga hujum qilganini ma’lum qildi. Hodisa Rossiya çegarasidan taxminan olti kilometr uzoqlikda sodir bölgan. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Ma’lumotlarga köra, hujumda ikkita Ukraina droni iştirok etgan. Hodisadan söng kema ekipaji evakuatsiya qilingan. Hozirda hujum oqibatlari örganilmoqda.
Şuningdek, 21 noyabr keçasidan buyon Leningrad viloyatida Ukraina dronlari hujumi xavfi sabab havo hujumi haqida ogohlantiriş e’lon qilingan. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga köra, mintaqa osmonida 80 ta dron urib tuşirilgan.
Hozirça hodisa yuzasidan boşqa rasmiy ma’lumotlar e’lon qilinmagan. Kemaga yetkazilgan zarar miqdori va hujumning aniq oqibatlari haqida ham ma’lumot berilmagan.
Eslatib ötamiz, keça, 20 noyabr keçqurun va bugun, 21 noyabrga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Ukrainaning bir qator hududlariga havo hujumlarini amalga oşirganligi haqida xabar berilgan edi. Krivoy Rogdagi zarbalar oqibatida ikki kişi halok böldi, 58 kişi jarohatlangan.
Live
Barchasi