Putin Ukrainadagi uruş tufayli qiyin ahvolda – Tramp
Olam
−
18:41 181 2 daqiqa
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarşi boşlagan uruş sabab hozir qiyin vaziyatda qolganini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, bir kunda yakunlanişi kerak bölgan uruş beş yildan buyon davom etmoqda. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” naşri xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 20 noyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Trampdan Putinni AQŞning dösti deb hisoblaydimi, deb söraşgan. Amerika Prezidenti AQŞ nomidan bunday bayonot bera olmasligini bildirgan, biroq Rossiya yetakçisi bilan şaxsan yaxşi munosabatlarga ega ekanini aytgan.
“U bilan munosabatlarimiz juda yaxşi. Uning yadroviy qurollari juda köp – bu borada u bizdan keyin ikkinçi örinda turadi. Bu juda yaxşi”, degan Tramp.
Şu bilan birga, u Putin hozir qiyin davrni boşdan keçirayotganini ta’kidlagan.
“U hozir qiyin ahvolda, çunki bir kunda tugaşi kerak bölgan uruşni olib bormoqda, ammo bu uruş allaqaçon beş yildan beri davom etyapti. Ikki tomondan ham köplab odamlar halok böldi. Menimça, bu uruş tugaydi. Putin bilan munosabatlarim yaxşi, deb öylayman”, deya qöşimça qilgan AQŞ Prezidenti.
Matbuot anjumanida Tramp Putin unga Ukraina bilan uruşni diplomatik yöllar orqali yakunlaşni istaşini bildirganini ham aytgan.
Ma’lumot uçun, 19 noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahridagi uçraşuv oldidan Donald Tramp Davlat kotibi Marko Rubio va Moliya vaziri Skott Bessent bilan zalga kirgan. U yerda Vladimir Putinni körsatib, hazilomuz tarzda “U kim? U mening döstim”, degan va keyin Rossiya Prezidenti bilan qöl berib körişgan.
Trampning bu harakati AQŞ siyosatçilari tanqidiga sabab bölgan. Xususan, Senat Taşqi aloqalar qömitasining yuqori lavozimli a’zosi, demokrat Janna Şaxin Rossiya prezidentini “qonxör uruş jinoyatçisi” deb atagan.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Putin Tramp uçun döst bölişi mumkinligini, ammo Ukraina uçun u duşman va qotil ekanini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq avvalroq19 noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida AQŞ Prezidenti Donald Tramp, XXR Raisi Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning uç tomonlama muzokaralari bölib ötgandi. Uçraşuv Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasidagi “Silin Şançjuan” davlat qarorgohida ötkazilgan.
Live
Barchasi