Putin Rossiyaning Arktikadagi savdo yölini kengaytirmoqçi

Olam

−

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitidagi nutqida Arktika mintaqasini rivojlantiriş va unga xorijiy sarmoyalarni jalb etiş masalasiga töxtaldi. Moskva Şimoliy dengiz yöli orqali yil davomida uzluksiz kema qatnovini yölga qöyişni rejalaştirmoqda. Bu haqda “Al Jazeera” naşri xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, Putin çorşanba kuni Xitoyning Şençjen şahrida bölib ötgan APEC sammitida Rossiya bozori xorijiy investorlar uçun yangi imkoniyatlar taqdim etayotganini ta’kidlagan.

“APEC iqtisodiyotlarining işbilarmon doiralari va investorlari Rossiya bozorida oçilayotgan imkoniyatlarga munosib baho berib, ulardan unumli foydalanişiga işonçim komil”, degan Rossiya Prezidenti.

Rossiya ommaviy axborot vositalari xabarlariga köra, Putin taklif qilgan imtiyozlar paketi foyda, mol-mulk va yer soliqlari böyiça yengilliklar, şuningdek, imtiyozli ijara şartlarini öz içiga oladi. Uning APEC sammitidagi çiqişi sentyabr oyida Vladivostokda ötkazilgan Şarqiy iqtisodiy forumda bildirgan fikrlarining davomi böldi. Öşanda ham Putin Şimoliy dengiz yölida yil davomida kema qatnovini ta’minlaş, transport, energetika va texnologik infratuzilmani kengaytiriş böyiça yangi çoralar körilişini ma’lum qilgan edi.

Rossiya şimoliy portlarini Tinç okeani mintaqasi bilan boğlovçi Arktika dengiz yölagini faol rivojlantirmoqda. Biroq mazkur yönalişni xalqaro savdoning muhim qismiga aylantiriş rejalari geosiyosiy va xavfsizlik muammolari, şuningdek, Arktika ekotizimiga yetkazilişi mumkin bölgan zarar bilan boğliq xavotirlarni ham keltirib çiqarmoqda.

Arktika dengiz yöli nima va Rossiya unga nega katta umid boğlamoqda?

Şimoliy dengiz yöli Rossiyaning şimoliy qirğoqlari böylab ğarbdagi Novaya Zemlya arxipelagidan şarqdagi Bering böğozigaça qariyb 5 600 kilometr masofaga çözilgan. Hozirça uşbu yönalişda kemalar asosan yoz oylarida, muzlar erigan qisqa muddat davomida harakatlana oladi.

Arktika orqali barqaror dengiz yölining oçilişi jahon savdosidagi mavjud qiyinçiliklarni yengillaştirişi mumkin. Xususan, Yaqin Şarqdagi inqiroz tufayli muhim dengiz yölaklari – Qizil dengizga olib boruvçi Bob al-Mandab böğozi va Fors körfazidagi Hörmuz böğozidagi qatnov izdan çiqqan. Xavfsizlik bilan boğliq tahdidlar ortib borayotgan şaroitda yuk taşuvçi kompaniyalar muqobil yönalişlarga qiziqiş bildirmoqda.

Avgust oyida Xitoy ham Şimoliy Muz okeani orqali ötuvçi, Rossiyaning Şimoliy dengiz yölini qamrab olgan “Muz Ipak yöli” deb nomlangan yangi dengiz yönalişini e’lon qilgan edi. Iqlim özgarişi natijasida Arktika muzliklarining erişi kemalar harakatlanişi mumkin bölgan mavsumning uzayişiga olib kelmoqda. Bu esa mazkur yönalişning an’anaviy dengiz yöllariga muqobil böliş imkoniyatlarini oşirmoqda.

NASA ma’lumotlariga köra, Şimoliy Muz okeanidagi dengiz muzlari maydoni sentyabr oyida yillik eng past körsatkiçga tuşadi. Joriy yilda esa muz qoplami sun’iy yöldoşlar orqali kuzatuvlar boşlanganidan buyongi eng kiçik darajagaça qisqargan.

Putin Rossiya Arktikasini global savdo yöliga aylantira oladimi?

Bu vazifani amalga oşiriş oson bölmaydi. Iqlim özgarişi Arktikadagi şaroitni özgartirayotganiga qaramay, mutaxassislar mintaqa hanuz kemalar harakati uçun murakkab hudud bölib qolayotganini ta’kidlamoqda. Niderlandiya Dengiz huquqi instituti (NILOS) tadqiqotçisi Andrey Todorovning «Al-Jazira» naşriga aytişiça, qattiq iqlim, köriş masofasining çeklangani, kema qatnovi uçun qulay mavsumning qisqaligi va suzib yuruvçi muzlar yirik tijoriy yuk taşişga jiddiy tösiq bölib qoladi.

Todorov fikriça, uşbu yönalişdagi qatnov hozirça tor doirada saqlanib, asosan Rossiyaning Arktika hududlarida qazib olingan mineral resurslarni jahon bozoriga yetkazib berişga xizmat qilişi mumkin. Uning baholaşiça, mazkur yöl orqali an’anaviy janubiy yönalişlar bilan taqqoslab bölmaydigan darajada kam miqdorda tranzit konteyner taşuvlari amalga oşirilişi ehtimoldan xoli emas.

Yevropa davlatlarining Rossiya energetika sektoriga qarşi sanksiyalari ham Moskva uçun neft va gazni Osiyo bozorlariga muqobil dengiz yöllari orqali yetkazib beriş ahamiyatini oşirdi. Bu, ayniqsa, Rossiya va Ukraina kuçlari Qora dengizdagi yuk kemalarini nişonga olayotgan bir şaroitda muhim hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing