Zelenskiy Putinni “duşman va qotil” deb atadi
Olam
−
12:36 770 3 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiya rahbari Vladimir Putinni “döstim” deb ataşiga munosabat bildirdi. Uning ta’kidlaşiça, Tramp Putinga qanday murojaat qilişi özining işi, ammo Ukraina uçun Rossiya rahbari duşman va qotil hisoblanadi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Zelenskiy CNN telekanaliga bergan intervyusida Trampning Putin bilan munosabatlariga baho bergan. Ukraina prezidenti Rossiya rahbari haqidagi öz qaraşini özgartirmaganini aytgan.
“Menimça, dunyodagi aksariyat odamlar uçun u qotil, çunki u har kuni va har keça odamlarni öldirmoqda”, degan Zelenskiy.
Uning fikriça, Putinni “döst” sifatida tilga oliş Rossiya rahbariga nisbatan yetarliça bosim ötkazilmayotganini anglatadi.
Avvalroq Tramp Xitoyda Putin bilan uçraşuvidan söng Rossiya prezidentini “döstim” deb atagan va ikki davlat rahbari köp yillardan beri ajoyib munosabatlarga ega ekanini aytgan edi. Şuningdek, AQŞ prezidenti Putin uruşni tugatişni juda xohlayotganini bildirgan.
“Ular – Zelenskiy va Putin – ikkalasi ham uruşni tugatişni xohlaydi va mening ular bilan munosabatlarim borligi juda yaxşi”, degan Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda.
Biroq u Putin AQŞ uçun döst yoki döst emasligi haqida aniq fikr bildirmagan. Zelenskiyning bayonoti Rossiyaning Kiyevga navbatdagi yirik hujumidan keyin yangradi. Juma kuni Rossiya kuçlari poytaxtdagi köpriklar va temir yöl vokzallariga zarba bergan. Hujum oqibatida kamida 9 kişi halok bölgan.
Ukraina Prezidenti uşbu hujumni yil boşidan buyon amalga oşirilgan eng yirik zarbalardan biri deb atagan. Uning sözlariga köra, Ukraina hududiga 110 ta raketa, jumladan, 27 ta ballistik raketa va 400 dan ortiq dron uçirilgan. Oqibatda tinç aholi vakillari halok bölgan va jarohatlangan.
Şu bilan birga, Rossiyaning harakatlari bilan boğliq xavfsizlik masalalari Polşada ham kun tartibiga çiqqan. Polşa hukumati juma kuni Rossiyaning qanotli raketalaridan biri mamlakat havo hududini buzgan 3 ta ob’ektdan biri bölganini ma’lum qilgan.
Polşa Boş vaziri Donald Tusk uşbu holat Ğarb davlatlarining mintaqadagi harbiy maşğulotlari davrida sodir bölganini hisobga olib, buni tasodif deb hisoblaş qiyinligini aytgan. Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan va moddiy zarar qayd etilmagan. Varşava voqeani Moskva tomonidan amalga oşirilgan “provokatsiya” deb baholagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq 19 noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida AQŞ Prezidenti Donald Tramp, XXR Raisi Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning uç tomonlama muzokaralari bölib ötgandi. Uçraşuv Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasidagi “Silin Şançjuan” davlat qarorgohida ötkazilgan.
Live
Barchasi