Zelenskiy va Kliçko Kiyevdagi energetika inqirozida bir-birini aybladi
Olam
−
18:53 1371 2 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Kiyev meri Vitaliy Kliçko örtasidagi ziddiyat yanada keskinlaşdi. Zelenskiy Kiyev hokimiyatini Rossiyaning energetika infratuzilmasiga bergan zarbalariga yetarliça tayyorgarlik körmaganlikda aybladi. Kliçko esa davlat rahbariga javob qaytarib, uni “manipulyatsiya” va “yolğonçilik”da aybladi. Ular bu haqdagi bayonotlarini özlarining Telegram-kanallarida e’lon qildi.
Siyosatçilar örtasidagi yangi kelişmovçilikka Rossiya hujumlaridan keyin Kiyevda elektr energiyasi, suv va isitiş ta’minotida yuzaga kelgan keng kölamli uzilişlar sabab böldi. Zelenskiyning aytişiça, ayniqsa, Kiyevdagi vaziyat oğirlaşgan. U şahar hokimiyati isitiş mavsumiga tayyorgarlik köriş böyiça zarur qarorlarni bajarmaganini ta’kidladi.
Kliçko Prezidentning e’tirozlarini rad etdi. Uning aytişiça, Zelenskiy tilga olgan yiğilişlarga şahar ma’muriyati vakillari taklif qilinmagan. Bundan taşqari, Kiyev meri markaziy hokimiyat favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda poytaxtda amalga oşiriladigan çora-tadbirlar rejasini kelişişni keçiktirayotganini bildirgan.
Kliçko, şuningdek, Zelenskiy energetika ta’minoti bilan boğliq haqiqiy vaziyatni qançalik tuşunişini şubha ostiga olgan. Merning eslatişiça, Kiyev Ukraina yagona energetika tizimining bir qismi hisoblanadi. Agar Rossiya zarbalari butun mamlakat böylab energetika infratuzilmasini işdan çiqarayotgan bölsa, şahar hokimiyati elektr ta’minotining uzluksizligini mustaqil ravişda ta’minlay olmaydi.
Ikki siyosatçi örtasidagi ziddiyat bir neça yildan beri davom etmoqda. Ular bir neça bor bir-birini vakolatlarga aralaşiş va yetarliça hamkorlik qilmaslikda ayblagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy mamlakatdagi barça elektr stansiyalari u yoki bu darajada şikastlanganini ma’lum qildi. U Ispaniya va Lotin Amerikasi davlatlaridan elektr stansiyalarini ta’mirlaş uçun zarur uskunalar yetkazib berişda yordam söraganligi haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr