Sun’iy intellektdan foydalanaman va bu menga yoqadi – Zelenskiy

Olam

−

visibility340 timer2 daqiqa

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy sun’iy intellektdan foydalanişini, şuningdek, hukumat vakillari orasida ham bu texnologiyadan foydalanuvçilar köpligini aytdi. Bu haqda u Zakarpatiya viloyatidagi kongressda ma’lum qildi. 

Tadbirda Zelenskiyga sun’iy intellektni davlat va mahalliy hokimiyat organlari işiga tatbiq etiş masalasi yuzasidan savol berilgan. Şuningdek, undan şaxsiy sun’iy intellekt agenti bor-yöqligi ham söralgan.

“Men sun’iy intellektdan foydalanaman va bu menga yoqadi”, deb javob bergan Prezident.

Biroq u uşbu texnologiyadan qanday vazifalarda foydalanişini oçiqlamagan.

Zelenskiy hukumat a’zolarining aksariyati ham sun’iy intellektdan foydalanişini ta’kidlagan. Buni amaldorlar tayyorlaydigan taqdimotlar misolida tuşuntirib, ularning mazmuni deyarli bir xil bölişi, faqat mavzu va raqamlar özgarişini aytgan.

“Nega undan foydalanmaslik kerak? Ammo şaxsiy intellekt ham muhim”, degan Ukraina rahbari.

Şuningdek, Zelenskiy sun’iy intellektning harbiy sohadagi imkoniyatlariga ham töxtalgan. Uning ma’lum qilişiça, Ukrainada mudofaa va harbiy texnologiyalar bilan şuğullanuvçi yuzlab kompaniyalar uşbu texnologiyadan foydalanmoqda.

Prezidentning aytişiça, mamlakatda turli xil qurollar işlab çiqarilmoqda. Ularning asosiy vazifalaridan biri davlat hududi, logistika tizimi va köpriklarni himoya qilişdan iborat. Zelenskiy bu yönalişni yangi çaqiriq sifatida baholagan.

Bundan taşqari, Ukrainada qariyb 20 ta kompaniya sun’iy intellekt yordamida işlaydigan tutib oluvçi dronlar işlab çiqarmoqda. Kelgusida mazkur texnologiyadan hududlarni minalardan tozalaşda ham foydalaniş rejalaştirilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing