AQŞ puli tölangan Patriot raketalarini Ukrainaga yubormayapti – Zelenskiy

Olam

−

visibility156 timer2 daqiqa

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQŞ Ukrainaga Yevropa davlatlari mablağini oldindan tölagan Patriot havo mudofaasi raketalarini ham yetkazib berişga ruxsat bermayotganini bildirdi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi. 

Ma’lum qilinişiça, ötgan hafta Rossiya Qurolli kuçlari Ukraina hududidagi 20 ta hududga hujum qilgan.

“Bunday vaziyatda ballistik raketalardan himoyalaniş vositalarini yetkazib berişdagi keçikişlarni tuşuniş qiyin. Hamkorlar tomonidan Amerikaning PURL dasturi doirasida mablaği tölangan Patriot raketalarini yetkazib berişga ruxsat berilişi juda muhim. Şuningdek, uşbu dasturga hissa qöşişda davom etiş ham muhim”, deb yozgan Zelenskiy.

Joriy yilning 19 noyabr kuni Ukraina Prezidenti Kiyevga Amerikada işlab çiqarilgan Patriot raketalari yetkazib berilişi uç-tört baravar kamayganini aytgan. Uning ta’kidlaşiça, hozirda Ukraina Qurolli kuçlarida uşlab qoluvçi raketalar yetişmayapti, holbuki ular mamlakat mudofaasi uçun juda muhim hisoblanadi.

Bir kun avval Yevropa Ittifoqining mudofaa va kosmos böyiça komissari Andryus Kubilyus Yevropa davlatlarini kelgusidagi yetkazib berişlar evaziga özlaridagi Patriot raketalarini Kiyevga topşirişga çaqirgan edi.

Eslatib ötamiz, 20 noyabr keçqurun va 21 noyabrga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Ukrainaning bir qator hududlariga havo hujumlarini amalga oşirgan edi. Krivoy Rogdagi zarbalar oqibatida ikki kişi halok bölgan, 58 kişi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing