Boşi uçun $5 mln mukofot e’lon qilingan narkobaron uşlandi
Olam
−
10:59 503 3 daqiqa
Meksikada “El Çapo Isidro” nomi bilan tanilgan Fausto Isidro Mesa Flores qölga olindi. U sobiq Sinaloa karteli fraksiyalaridan biriga rahbarlik qiladi va AQŞ Federal qidiruv byurosining (FQB) eng köp qidirilayotgan jinoyatçilari önligiga kiritilgan edi. Bu haqda “El País” xabar bermoqda.
Naşrning Meksika Xavfsizlik vazirlar mahkamasiga yaqin manbalariga köra, amaliyot joriy yilning 20 noyabr kuni Sinaloa ştati şimolidagi Guasave şahrida ötkazilgan. Amaliyotga harbiylar boşçilik qilgan.
Narkobaronning qölga olinişi federal xavfsizlik kuçlari va jinoiy guruhning ehtimoliy a’zolari örtasidagi töqnaşuvlar hamda otişmalar bilan keçgan. Hududda yöllarning tösib qöyilişi, yonğinlar va harbiy vertolyotlar parvozi ham qayd etilgan.
Nega “El Çapo Isidro” Meksika va AQŞda qidiruvda edi?
Mesa Flores Meksika hukumati va AQŞ FQBsi tomonidan ustuvor ravişda qidirilayotgan şaxslardan biri bölgan. U byuro tomonidan eng köp qidirilayotgan önta jinoyatçi röyxatiga kiritilgan edi. Narkobaronni qölga olişga yordam beradigan ma’lumot uçun 5 million dollar miqdorida mukofot va’da qilingan.
Uning Guasave, Los-Moçis şaharlarida va toğli hududlardagi bir neçta aholi punktlarida, jumladan, Badiraguatoda tayanç nuqtalari bölgan. Mesa Flores Sinaloadan narkotik eksport qiluvçi asosiy şaxslardan biri hisoblangan.
Sönggi yillarda kartelning boşqa ikki yirik guruhi — Gusman va Zambada oilalari örtasidagi qarama-qarşilik fonida uning ta’siri yanada kuçaygan. Ularning vakillari — narkobaronlar Xoakin “El Çapo” Gusman va Ismael “El Mayo” Zambadaning öğillari taxminan ikki yildan buyon özaro uruş olib bormoqda.
Uşbu guruhlar özaro kuraş bilan band bölgan bir paytda, Mesa Flores mintaqadagi jinoiy biznesda öz ta’sirini kengaytirib borgan. Yil boşida Xavfsizlik vazirlar mahkamasiga yaqin manbalar “El País” naşriga u boşqa guruhlarga qaraganda köproq narkotik eksport qilayotganini ma’lum qilgan.
Uning faoliyati kölamidan Meksika tarixidagi eng yirik fentanil musodaralaridan biri dalolat beradi. 2024 yil oxirida mamlakat Harbiy-dengiz kuçlari Guasave şahrida uşbu giyohvand moddaning bir tonnadan ortiq partiyasini aniqlagan.
Amaliyot vaqtida nimalar yuz berdi?
Narkobaronning qölga olinişi Sinaloaning turli tumanlarida vahimaga sabab böldi. Ijtimoiy tarmoqlarda yonayotgan yuk maşinalari va şahar ustida uçib yurgan harbiy vertolyotlar aks etgan videolar tarqaldi.
Oxir-oqibat töxtatişga töğri kelgan beysbol öyini vaqtida tomoşabinlar öq ovozlarini eşitgaç, qoçib, stadion yölaklariga yaşirina boşlagan.
Yana bir videoda mahalliy muxbir otişma tufayli ikki avtomobil orasiga yaşiringan holda şahardagi tartibsizliklar haqida sözlab bergan.
Sinaloa ştati Jamoat xavfsizligi vazirligi Guasave munitsipalitetida federal xodimlarga hujum uyuştirilganini ma’lum qilgan. Idora aholini xavfsiz joylarda qolişga va harakat tösib qöyilgani sababli bir qator avtomagistrallardan foydalanmaslikka çaqirgan.
Xususan, fuqarolar ştat poytaxti Kuliakandan şimolga qarab ketadigan “La Kostera” trassasidagi, şuningdek, Los-Moçis şahri yaqinidagi xavf haqida ogohlantirilgan. Har ikki yönalişda yöl tösiqlari qayd etilgan “Libr avtomagistralida ham çeklovlar joriy etilgan.
Sinaloa gubernatori vazifasini bajaruvçi Grasiela Dominges federal kuçlar ştatning markaziy-şimoliy qismida amaliyot ötkazayotganini tasdiqlagan. U aholini xavfsiz joy topişga çaqirgan va vaziyat rivoji haqida xabardor qilib borişga va’da bergan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Gvadalaxara karteli asosçisi Migel Anxel Feliks Galyardo 80 yoşida şifoxonada vafot etgandi. 1989 yildan beri qamoqda saqlangan narkobaron elektron bilaguzuk işidagi nosozlik tufayli uy qamoğiga çiqa olmagan.
Live
Barchasi