AQŞ vakili Kiyevning Donbass böyiça xavotirini oçiqladi

Olam

−

image

AQŞning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uolts Ukraina qöşinlari Donbassdagi nazorat ostidagi hududlarni tark etişni istamayotganini bildirdi. Uning fikriça, Kiyev Rossiya harbiylari uşbu hududdan ötib, poytaxtga tomon ilgarilaşidan xavotirda. Bu haqda diplomat “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

Uoltsning bildirişiça, Donbassning Rossiya nazoratiga ötmagan kiçik qismi ham strategik ahamiyatga ega. Uning fikriça, Rossiya qöşinlari uşbu hududdan ötsa, Kiyevga töğridan töğri yöl oçilişi mumkin.

“Donbassning ruslar hali egallamagan kiçik bir qismi bor. Ammo ular bu hududdan ötişi bilan Kiyevga töğridan-töğri yöl oçiladi. Şuning uçun ukrainaliklar hali boy bermagan hududlarini topşirişga qat’iy qarşilik körsatmoqda. Aslida, gap şunda”, deydi u.

Diplomat Rossiyaning Kiyev tomon harakatlaniş niyati yöqligini ham ta’kidladi. Biroq, uning fikriça, Ukraina bunga işonç hosil qilişi kerak.

Zelenskiyning xavotirlari

Ma’lumotlarga köra, 22 oktyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Boş direktor kundaligi” podkastida Ukraina Qurolli kuçlari Donetsk viloyatining Slavyansk, Kramatorsk va boşqa şaharlaridan olib çiqilsa, mamlakat yana köplab şaharlarini yöqotişi mumkinligini aytgan.

U Donbassda qurilgan mustahkam mudofaa çiziğining ahamiyatini ta’kidlagan. Zelenskiyning sözlariga köra, uşbu hududlardan çekiniş Dnepropetrovsk viloyati, Pavlograd va Dnepr şahri uçun xavf tuğdirişi mumkin. Şuningdek, Ukraina rahbari qöşinlar Donbassdan olib çiqilgan taqdirda Kiyev hali aniq xavfsizlik kafolatlarini olmaganini bildirgan.

11 noyabr kunigi matbuot anjumanida Zelenskiy Abu-Dabidagi uç tomonlama muzokaralarda AQŞ delegatsiyasi mojaroni tugatiş uçun Ukraina Qurolli kuçlarini Donetsk viloyatidan olib çiqişni talab qilganini aytgan. Biroq u bunday ssenariyni Kiyev uçun maqbul emas deb hisoblaşini bildirgan.

14 noyabr kuni esa Zelenskiy muzokaralarda amerikaliklar Ukraina Donbassdan voz keçiş evaziga NATOga a’zo bölişga rozi böladimi, degan savolni kötarganini ma’lum qilgan. Uning aytişiça, agar AQŞ va NATOning boşqa a’zolari bunday imkoniyatni rasman tasdiqlasa, bu masala Ukraina jamiyatida muhokama qilinişi mumkin.

Mazkur taklifga javoban Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Ryabkov Moskva Ukrainaning NATOga a’zo bölişiga qarşi ekanini bildirgan. U Kiyev uçun alyansda “kvazi-a’zolik” yoki boşqa “ijodiy yeçim” taklif qilinişi ham Rossiya uçun maqbul emasligini aytgan.

Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisining örinbosari Dmitriy Medvedev esa Ukrainaning Donbassni NATOga a’zolik evaziga beriş ğoyasini “aqldan ozganlik” deb atagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing