Dunyodagi eng maşhur begemot öldi
Bu qiziq
−
14:47 702 2 daqiqa
AQŞning Sinsinnati hayvonot boğida dunyoga maşhur bölgan Fiona ismli begemot nobud böldi. U ötgan hafta tasodifan yaşaş hududiga tuşib qolgan boş kiyimni yutib yuborgan va veterinarlar uning hayotini saqlab qolişga uringan. Bu haqda Sinsinnati hayvonot boği ma’muriyati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, veterinariya xodimlari begemotning organizmidagi boş kiyimni çiqariş uçun bir neça bor uringan. Şuningdek, uning ahvolini yaxşilaş va hayotini saqlab qoliş maqsadida zarur tibbiy yordam körsatilgan. Biroq barça sa’y-harakatlarga qaramay, Fionani qutqarişning iloji bölmagan.
Hayvonot boği direktori Deyv Jenike Fionaning hayoti bunday yakunlanişini kutmaganini aytgan. Uning ta’kidlaşiça, hayvonni parvariş qilgan xodimlar uni saqlab qoliş uçun qöllaridan kelgan barça işni amalga oşirgan.
Fiona kelasi yil yanvar oyida 10 yoşga tölişi kerak edi. U 2017 yilda muddatidan oldin, juda kiçik va zaif holatda tuğilgan bölib, yaşab qolişi uçun veterinarlar uzoq vaqt davomida kuraşgan. Keyinçalik uning hayot uçun kuraşi haqidagi hikoya butun dunyoga tarqalib, Fiona millionlab insonlarning mehrini qozongan.
Hayvonot boği vakillari Fionaning ölimi uni parvariş qilgan xodimlar va uni yaxşi körgan köplab insonlar uçun oğir yöqotiş bölganini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasidagi Virunga milliy boğida sönggi bir oy içida 28 ta begemot kuydirgi kasalligidan nobud bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi