“Dada, meni öldirmang”. Ota farzandlari va xotinini otib, söng özini öldirdi
Olam
−
11:35 1416 2 daqiqa
AQŞning Florida ştatida erkak uç nafar farzandi hamda xotinini otib öldirib, keyin öz joniga qasd qildi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, voqea keça, 19 noyabr kuni Florida ştatining Plant-Siti şahrida yuz bergan. Hilsboro okrugi şerifi idorasining ma’lumotiga köra, soat 15:29 atrofida 911 favqulodda xizmatiga qönğiroq kelib tuşgan. Telefon aloqasi uzilmagani sababli operator uy içidagi suhbatlarni eşitgan. Erkakning “Keçir, döstim” degan gapidan söng öq ovozi yangragan. Şundan keyin kiçkintoy bolaning otasidan uni öldirmaslikni sörab yolvorgani eşitilgan.
Hilsboro okrugi şerifi Çad Kronisterning aytişiça, bola: “Dada, iltimos, menga qarata öq uzmang. Dada, iltimos, meni öldirmang”, deb uç-tört marta takrorlagan. Şundan söng yana bir öq ovozi eşitilgan. Hozirça 911 xizmatiga aynan kim qönğiroq qilgani aniqlanmagan.
Qönğiroqdan taxminan 10 daqiqa ötib voqea joyiga yetib kelgan politsiyaçilar dastlab uy içida qimirlamay yotgan bolani körgan. Eşikni buzib kirgan xodimlar bir, uç va beş yoşli 3 nafar bola, ularning onasi va otasi halok bölganini aniqlagan.
Şerif Kronisterning ma’lum qilişiça, dastlabki tergov natijalariga köra, ota avval uç nafar farzandini, keyin xotinini otib öldirgan va oxirida öz joniga qasd qilgan.
Aniqlanişiça, oila uşbu hududga taxminan bir yil avval köçib kelgan. Şu vaqt davomida ularning uyidan politsiyaga biror marta murojaat yoki şikoyat kelib tuşmagan.
Voqea joyida jurnalistlarga bayonot bergan şerif Kronister hodisani “sof yovuzlik” deb atagan. Uning aytişiça, kiçik yoşdagi bolalarning ölimi politsiya xodimlari va boşqa mas’ullarni ham qattiq larzaga solgan. 911 qönğiroğiga javob bergan operator hamda uyga kirgan politsiyaçilarga psixologik yordam körsatilmoqda.
Hozirda politsiya 5 kişining ölimi bilan yakunlangan hodisa sabablarini aniqlaş böyiça tergov olib bormoqda. Oila a’zolarining şaxsi hozirça oşkor etilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Amerikaning Pensilvaniya ştatida 45 yoşli erkak öz uyida 8 kişini, jumladan, homilador ayol va bolalarni otib öldirgaç, öz joniga qasd qilgan edi.
Live
Barchasi