AQŞ va Venesuela harbiy hamkorlikni tikladi
Olam
−
10:07 761 2 daqiqa
AQŞ va Venesuela örtasida harbiy hamkorlik töğrisidagi kelişuv imzolandi. Hujjat ikki davlat örtasidagi harbiy aloqalar AQŞ kuçlari Venesuelaning sobiq prezidenti Nikolas Maduroni qölga olganidan bir yil ham ötmay qayta tiklanganini anglatadi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, kelişuv AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset va Venesuela hukumati örtasida imzolangan. Hozirça hujjatning batafsil şartlari oşkor etilmagan. Hegset Venesuela qisqa vaqt içida mintaqadagi “eng katta tahdid”dan AQŞning “xavfsizlik böyiça itoatkor hamkori”ga aylanganini ta’kidlagan. U bu haqda Karakasdagi AQŞ elçixonasida sözlagan nutqida ma’lum qilib, Maduroning ötgan yilgi bayonotini ham esga olgan.
“Bundan roppa-rosa bir yil oldin narkoterrorizmda ayblanayotgan Nikolas Maduro şu yerga yaqin joyda turib, masxaraomuz ohangda: “Kelinglar, meni olib ketinglar!” deb baqirgandi. Biz uning çaqiriğiga javob berdik”, deydi Hegset.
Venesuela muvaqqat prezidenti Delsi Rodriges esa kelişuvni ikki davlat munosabatlari uçun “nihoyatda muhim” deb baholagan. Uning ta’kidlaşiça, hamkorlik doirasida Venesuela harbiylarini tayyorlaş, harbiy jihozlarni yangilaş va umumiy tahdidlarga qarşi kuraşişda yangi texnologiyalardan foydalaniş közda tutilgan. Şu bilan birga, Hegset Venesuelada yaşirinib yurgan “narkoterrorçilar”ga murojaat qilib, AQŞ ularni “qidirib topişi va yöq qilişi”ni bildirgan.
Ma’lumot uçun, AQŞ va Venesuela örtasidagi harbiy hamkorlik 2005 yilda töxtatilgan edi. Öşa vaqtda Venesuelaning sobiq prezidenti Ugo Çaves AQŞning Fuerte-Tiuna harbiy bazasidagi vakillarini mamlakat hukumatiga qarşi fitna uyuştirişda ayblagan. Şuningdek, Çaves ular AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) uçun işlaşini da’vo qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Venesuela muvaqqat prezidenti Delsi Rodriges bilan saylovlar masalasini muhokama qilgani, şuningdek, Rodriges joriy yil 22 sentyabr kuni BMT Boş Assambleyasi doirasida Tramp bilan qisqa uçraşuv ötkazgani haqida xabar berilgan edi. Bu Rodrigesning AQŞ harbiylari yanvar oyida Venesuelaning sobiq prezidenti Nikolas Maduroni qölga olganidan keyin AQŞga ilk taşrifi bölgan.
Live
Barchasi