“Oğriqli javob”: Rossiya Kiyevdagi uçta köprikka ballistik raketalar bilan zarba berdi

Olam

−

image

Rossiya harbiylari bugun, 20 noyabrga ötar keçasi Kiyevga ballistik raketalar bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina poytaxti meri Vitaliy Kliçko özining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Uning ma’lumotlariga köra, öqqa tutiş oqibatida uç kişi halok bölgan, yana 15 kişi jarohat olgan, ulardan yetti nafari şifoxonaga yotqizilgan. Zarbaning asosiy nişoni Dnepr orqali ötuvçi uçta köprik – Podolsk-Voskresensk, Darnitsa va Janubiy köpriklar bölgan. Birinçi ötiş yöli böylab harakatlaniş yopilgan, qolganlarida esa çeklangan.

“Poytaxtning çap va öng çegaralari örtasidagi murakkab tirbandlik tufayli men aholini öta zarur ehtiyoj bölmasa, şaxsiy avtomobilda harakatlanmaslikka çaqiraman”, deb yozdi Kliçko. 

U raketa hujumi davom etayotganini qöşimça qilgan. Mutaxassislar köpriklarning şikastlaniş darajasini faqat havo trevogasi tugaganidan keyingina baholay oladi. Şuningdek, Kiyev şahar harbiy ma’muriyati ma’lumotlariga köra, hujum oqibatida uçta tumanda yonğinlar kelib çiqqan, muhim infratuzilma ob’ektiga şikast yetgan. Şaharning bir neçta tumanlarida tarmoqda kuçlaniş yöqligi sababli trolleybuslar harakati töxtab qolgan.

Uşbu tunda Lvov, Xarkov, Zaporoje va Dnepropetrovsk viloyatlari ham hujum ostida qolgan. Xarkov meri Igor Terexov şifoxonaga dron zarbasi berilgani haqida xabar qilgan. Tört kişi jabrlangan. Zaporojeda uçuvçisiz uçiş apparati tramvayga borib urilgan, bir ayol jarohat olgan. Dnepropetrovsk viloyatining Jyoltiye Vodi şahrida beş kişi jabrlangan. Rossiya Mudofaa vazirligi, öz navbatida, Kiyev va Ukrainaning beşta viloyatidagi harbiy-sanoat kompleksi korxonalari, omborlar, energetika va transport infratuzilmasi ob’ektlariga zarba berilgani haqida xabar bergan.

Eslatib ötamiz, keça, 19 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning Qrim köprigiga bergan zarbalariga “oğriqli” javob qaytarilişini ma’lum qilgan edi. U, şuningdek, Qrim köprigiga qilingan hujumlardan söng Moskva Kiyev bilan energetika ob’ektlari va Qora dengizdagi tijorat kemalariga zarba berişni töxtatiş böyiça kelişmasligini qöşimça qilgan. Bungaça esa Rossiya harbiylari Kiyevdagi köpriklarga bir neça bor zarba bergan. Oxirgi marta bu 17 noyabr kuni sodir bölgan. Öşanda Dnepr orqali ötuvçi Şimoliy va Janubiy köpriklarga ballistik raketalar bilan şikast yetkazilgan.

Sönggi bir hafta içida Ukraina Qurolli kuçlari Qrim köprigiga uç marta hujum qildi. Zarbalar tufayli 227 metrli arkalardan biri va 270 metrlik avtomobil yöli qoplamasi suvga qulab tuşdi. Şuningdek, 19 noyabr kuni köprikning temir yöl qismi ham zarbaga uçradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing