Husiylar Ar-Riyoddagi eng baland binoga zarba berdi (video)

Olam

−

image

Avvalroq, husiylar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi Podşoh Xolid xalqaro aeroporti va moliyaviy markazga ikkita ballistik raketa uçirgani haqida xabar berilgan edi. Bugun, 20 noyabr kuni mamlakat fuqaro mudofaasi xizmati moliyaviy markazdagi minora va yaqin atrofdagi binolarga zarar yetganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga köra, keça, 19 noyabr kuni sodir bölgan hujum oqibatida Ar-Riyod moliya markazidagi binoning bir neça qavati va uning atrofidagi binolarga moddiy zarar yetgan. Biroq hodisa oqibatida heç kim jarohatlanmagan. Saudiya rasmiylari bayonotida binoning aniq nomi keltirilmagan bölsa-da, davlat axborot agentligi e’lon qilgan suratda podşohlikning Davlat investitsiya jamğarmasi (PIF) binosi aks etgan.

Saudiya rasmiylari tinç aholi hududiga qilingan hujumni “xalqaro huquqning qöpol buzilişi” deb baholagan. Binoga yetkazilgan zarar kölami haqida manbalarda turliça ma’lumotlar keltirilgan. “Reuters” agentligi xabar berişiça, binoning 7-8-qavatidagi oynalar singan, metall qoplamasining bir qismi egilgan.

Hujum iş kuni boşlanişidan oldin sodir bölgan. Şundan söng, moliya markazi taşrif buyuruvçilar uçun yopilgan. Binoga aynan nima kelib tekkani borasida tomonlarning bayonotlari bir-biridan farq qiladi. Saudiya boşçiligidagi koalitsiya Ar-Riyod tomon uçirilgan “raketa tahdidi bartaraf etilgani” va uning parçalari yerga tuşganini bildirgan. “Reuters”ning vaziyatdan xabardor uç manbasi esa binoga husiylar raketasi urilganini aytgan.

Husiylarning harbiy vakili 19 noyabr kuni Ar-Riyod moliya markaziga ikki marta – tongda va keçqurun hujum qilinganini ma’lum qilgan. Guruh, şuningdek, Podşoh Xolid nomidagi xalqaro aeroport, mamlakat janubidagi aviabaza va Jubayldagi neft-kimyo kompaniyasiga ham zarba berganini bildirgan. Biroq Saudiya tomoni uşbu hujumlar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlamagan.

Husiylar öz harakatlarini Saudiya Arabistonining Yamandagi havo zarbalariga javob sifatida izohlamoqda. Guruh nazoratidagi “Saba” agentligi xabar berişiça, öşa kuni erta tongda Saudiya aviatsiyasi Sanoga zarba bergan. Saudiya Arabistoni Taşqi işlar vazirligi esa podşohlik öz suvereniteti, milliy boyliklari va aholisi xavfsizligini himoya qiliş uçun “barça zarur çoralarni körişga töla va qonuniy haqli” ekanini bildirgan. Şuningdek, vazirlik xalqaro hamjamiyatni “qabih hujumlarni qoralaş”ga çaqirgan.

Nega aynan şu bino nişonga olingan?

Davlat investitsiya jamğarmasining 385 metr balandlikdagi minorasi oddiy ofis binosi emas. U podşohlikdagi ikkinçi eng baland bino bölib, valiahd şahzoda Muhammad bin Salmonning iqtisodiy islohotlari ramzi hisoblanadi. Qariyb 900 milliard dollarlik jamğarma valiahd şahzodaning Saudiya iqtisodiyotini neftga qaramlikdan çiqariş rejalarini moliyalaştiradi. U Uber va SpaceX kabi yirik Amerika kompaniyalarida uluşga ega.

“The New York Times” naşri yozişiça, jamğarma qarorgohiga zarar yetkazilişi husiylar uçun ramziy ğalaba bölişi mumkin.

Eslatib ötamiz, husiylar 15 noyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi Podşoh Xolid xalqaro aeroporti va moliyaviy markazni ikkita ballistik raketa bilan nişonga olgani haqida xabar berilgan edi. Şuningdek, guruhning harbiy vakili Yahyo Sari 18 noyabr kunigi bayonotida aeroport va moliyaviy markazga köp sonli qanotli raketalar uçirilganini, ular belgilangan nişonlarga tekkanini da’vo qilgan. Husiylar uşbu hujumlarni Saudiya Arabistonining Yamandagi tinç aholi punktlariga qarşi operatsiyalariga javob sifatida izohlagan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing