AQŞ Eronning raketa uçiriş maydoniga zarba berdi

Olam

−

image

AQŞ harbiy samolyotlari Eronning Qeşm orolidagi raketa uçiriş maydoniga zarba berdi. AQŞ harbiylari buni Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusining amerikalik harbiy xizmatçilar va ob’ektlarga qarşi harakatlariga javoban amalga oşirilgan “özini himoya qiliş“ zarbasi deb izohladi. Bu haqda AQŞ harbiy rasmiysi CNN’ga ma’lum qildi.

AQŞ harbiy rasmiysining CNN’ga ma’lum qilişiça, keça, 17 noyabr kuni amalga oşirilgan hujumda yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalanilgan. Uning aytişiça, AQŞ Markaziy qömondonligi mintaqadagi amerikaliklarni himoya qiliş uçun yuqori şay holatda turibdi.

Şuningdek, Eron davlat OAVlari Qeşm orolidagi şaharlardan birining çekkasida joylaşgan hudud “duşman hujumi“ga uçraganini xabar qilgan. Hormozgon viloyati gubernatorining siyosiy va xavfsizlik masalalari böyiça örinbosari Ahmad Nafisining bildirişiça, zarba hayotiy muhim infratuzilma ob’ektlari, savdo va turar joylarga zarar yetkazmagan.

Şu bilan birga, bugun, 18 noyabr kuni erta tongda Quvayt harbiylari havo hujumidan mudofaa tizimlari duşman dronlari hujumlariga javob qaytarayotganini ma’lum qilgan. Hozirça dronlar qayerdan uçirilgani, nişoni va hujum oqibatlari haqida ma’lumot berilmagan.

Ayni paytda AQŞning uçinçi avianosetsli zarba guruhi Markaziy qömondonlik mas’uliyat hududiga kirgan. U Eron portlari blokadasini ta’minlaş va Hurmuz böğozi orqali ötadigan savdo kemalarini kuzatib boriş operatsiyalariga qöşilişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Eron Bahrayndagi AQŞ harbiy bazasiga oltita dron uçirgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing