Kim Çen In Ukrainani raketa sinovlari poligoniga aylantirdi

Olam

−

image

Şimoliy Koreya Rossiyaga yuborilgan ballistik raketalarni real jangovar şaroitda qöllaş orqali öz qurollarining xususiyatlarini takomillaştiriş imkoniyatiga ega bölmoqda. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy joriy yilning 16 noyabr kuni harbiy razvedka böyiça ötkazilgan yiğilişdan söng ma’lum qildi.

Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi (BRB) taqdim etgan hisobotga köra, Rossiya ballistik va qanotli raketalar işlab çiqarişni köpaytirişni rejalaştirmoqda. Zelenskiy Moskva öz işlab çiqarişini kengaytiriş bilan bir qatorda, Şimoliy Koreyadan ham muntazam ravişda raketalar olayotganini qayd etgan.

“Rossiya, afsuski, Şimoliy Koreyadan tobora köproq ballistik raketalar olmoqda. Gap oyiga önlab raketalar haqida bormoqda”, deydi Zelenskiy.

Ukraina yetakçisi Rossiya rejalaştirayotgan işlab çiqariş quvvatlari tinçlik maqsadlariga xizmat qilmasligini ta’kidlab, raketalar yetkazib berilişi mamlakat mudofaasini yanada murakkablaştirayotganini bildirgan.

Zelenskiy bayonotidagi eng diqqatga sazovor jihatlardan biri Şimoliy Koreyaning uruşdan olayotgan harbiy tajribasi bölgan. Ukraina rahbarining sözlariga köra, Pxenyan rahbariyati Rossiyaga yuborilgan ballistik raketalarni real jangovar şaroitlarda qöllaş orqali öz qurollarining xususiyatlarini takomillaştiriş imkoniyatiga ega bölmoqda.

Şimoliy Koreyada işlab çiqarilgan raketalarning Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlariga qarşi qöllanilişi uşbu qurolning samaradorligi va zaif tomonlari borasida tajriba orttiriş imkonini berişi mumkin.

Zelenskiy Şimoliy Koreya uruşda qöllanilayotgan ballistik raketalar yordamida öz qurollarini takomillaştirayotganini aytib, bu Koreya yarimoroli atrofidagi mamlakatlar uçun yangi xavfsizlik muammolarini keltirib çiqarayotganini aytgan.

Şimoliy Koreya Ukrainadagi uruşdan olişi mumkin bölgan tajriba Şarqiy Osiyodagi xavfsizlik muvozanati nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Pxenyan rahbariyati tomonidan işlab çiqilayotgan ballistik raketa tizimlari, xususan, Janubiy Koreya va Yaponiyaning mudofaa rejalaştirişida muhim örin tutadi.

Real mojarolarda qöllanilayotgan raketalarning xususiyatlari haqida olinişi mumkin bölgan ma’lumotlar Şimoliy Koreyaning kelgusidagi qurol-yaroğ işlab çiqiş işlariga hissa qöşişi mumkin. Biroq Şimoliy Koreya Ukrainaga berilgan har bir raketa zarbasidan aynan qanday texnik ma’lumotlarni olayotgani mustaqil ravişda tasdiqlanmagan.

Zelenskiy Rossiya Şimoliy Koreyadan olayotgan harbiy yordamga javoban Ukraina ham şunga öxşaş imkoniyatlarga ega qurollarga muhtoj ekanini bildirgan. Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya bilan muzokaralar ötkazganini ma’lum qilgan Ukraina yetakçisi Yevropa davlatlari samarali zarbalar berişga qodir raketa tizimlariga ega ekanini eslatib ötgan.

Zelenskiy Rossiyaning ballistik raketa uçiriş qurilmalarini yöq qiliş masalasini qayta körib çiqişni söragan. Ğarb davlatlari bunday imkoniyatlarga ega texnologiyalarga ega ekaniga işora qilgan Zelenskiy Ukrainaning uşbu tizimlardan foydalaniş imkoniyatiga ega bölişi Rossiyaga nisbatan harbiy bosimni kuçaytirişini ta’kidlagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Şimoliy Koreya mintaqaviy xavfsizlik masalalari böyiça harakatlarni muvofiqlaştirayotganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing