Eron Bahrayndagi AQŞ harbiy bazasiga zarba berdi
Olam
−
08:28 862 2 daqiqa
Eron keça, 15 noyabr kuni Bahrayndagi AQŞ harbiy bazasiga oltita dron uçirdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi hujum AQŞning Eronga qarşi harbiy harakatlariga javob ekanini ma’lum qilgan. Dronlar Bahrayndagi Al-Rifaa vertolyot bazasida joylaşgan AQŞ havo hujumidan mudofaa radarini nişonga olgan. Bahrayn havo hujumidan mudofaa tizimlari dronlarni nişonga yetib bormasidan oldin urib tuşirgan.
Bu Eronning sönggi uç kun içida Bahrayndagi AQŞ harbiy ob’ektlariga uyuştirgan ikkinçi hujumi bölgan. Avvalroq, joriy yilning 14 noyabr kuni ham Eron AQŞning radar ob’ektiga dronlar bilan zarba bergan. AQŞ Markaziy qömondonligi öşanda ikkita dron urib tuşirilganini, hujum oqibatida heç kim jabrlanmagani va zarar yetmaganini bildirgan.
15 noyabrdagi hujum ortidan Bahraynda sirenalar yangragan. Rasmiylar aholini xavfsiz joylarga yaşirinişga çaqirgan. Mamlakat Taşqi işlar vazirligi Eron hujumlarini xalqaro huquqning oçiqdan oçiq buzilişi deb atab, ularning oqibatlari uçun Tehronni javobgar deb hisoblaşini bildirgan. Iordaniya, Misr, Saudiya Arabistoni va Qatar ham hujumlarni qoralagan.
Eron Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiy mamlakat AQŞ yoki boşqa davlatlarning har qanday harbiy tajovuziga javob berişda davom etişini aytgan. Uning ta’kidlaşiça, Tehron heç kimni kutmayapti va öz xavfsizligini ta’minlaşga e’tibor qaratmoqda.
Bundan taşqari, Eron Inqilobiy qöriqçilar korpusi Hormuz böğozida ikkita kema minaga urilganini, ulardan biri ikki million barrel neft taşiyotgan supertanker bölganini va çökib ketganini da’vo qilgan. Bayonotda kemalarda kuçli portlaşlar va yonğin sodir bölgani aytilgan. Biroq bu xabar hozirça mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan. AQŞ harbiylari esa yaqinda böğozning asosiy qatnov yöllarini barça minalardan tozalaganini bildirgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Eronning janubiy qirğoği yaqinida joylaşgan Keşm oroliga zarba bergan edi. Amerika tomoni sönggi bir neça oy davomida Eronga kiçik hujumlarni yaşirin ravişda amalga oşirib kelayotgani, biroq ularni rasman tasdiqlamayotgani aytilgandi.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr
Qora dengizda dron kemaga hujum qildi
15 Noyabr