Qrim köprigiga berilgan zarbalar uçun javob oğriqli böladi – Putin (video)
Olam
−
18:24 500 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti APEC sammiti doirasida XXR Raisi Si Szinpin va AQŞ yetakçisi Donald Tramp bilan ötkazilgan uç tomonlama uçraşuv yakunlari böyiça matbuot anjumani çoğida Qrim köprigi atrofidagi vaziyatga izoh berdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Putinning aytişiça, Kiyev Qrim köprigiga zarba berganidan söng, Ukrainadagi ayrim soha ob’ektlari va infratuzilmasi böyiça öt oçişni töxtatiş imkoniyatini muhokama qilayotgan Rossiya endi “kelişmaydi”.
Rossiya Prezidenti, şuningdek, Kerç böğozi orqali ötuvçi köprik harbiy texnika va öq-dorilarni taşiş uçun foydalanilmagan, faqat tinç maqsadlarga möljallangan ob’ekt ekaniga alohida e’tibor qaratgan.
“Şuni aytmoqçimanki, Qrim köprigi – bu faqat tinç maqsaddagi ob’ektdir. Biz ança vaqtdan beri – men töğridan töğri körsatma berganman – Qrim köprigidan na harbiy texnikani taşiş, na öq-dorilarni köçiriş uçun foydalanyapmiz. Bu faqat fuqarolik ob’ektidir”, deydi Rossiya rahbari.
U uşbu köprik orqali hatto neft mahsulotlari ham taşilmaganini alohida qayd etgan. Şu bilan birga, Rossiya yetakçisi Rossiya Qrim köprigiga berilgan zarbalarga javob qaytarişini va bu Kiyev rejimi uçun ança oğriqli bölişini va’da qildi.
“Biz uşbu zarbalarga javob qaytaramiz va buni hamma bilişini istayman. Öylaymanki, hozirgina aytganimdek, bizning javob harakatlarimiz Kiyev rejimining köprikka nisbatan qilgan işidan köra ança oğriqli böladi”, deydi Putin.
Şu bilan birga, u Qrim köprigi albatta tiklanişiga va’da bergan. U, şuningdek, inşootning temir yöl qismi allaqaçon ta’mirlanganiga e’tibor qaratgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 17 noyabr kuni Kiyevning uçuvçisiz uçiş apparatlari hujumlari oqibatida Qrim köprigi konstruksiyalariga şikast yetgan edi. Kreml dronlarning Rossiya hududlariga “terroristik hujumlari” kuçayişi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Oq uy rahbari Donald Tramp va XXR Raisi Si Szinpinning APEC doirasidagi bölajak uçraşuvi bilan boğliq bölişi mumkinligi qayd etilgan.
Live
Barchasi