Tramp, Si va Putin ilk marta uç tomonlama uçraşuv ötkazmoqda (video)
Olam
−
14:26 395 2 daqiqa
Bugun, 19 noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida AQŞ Prezidenti Donald Tramp, XXR Raisi Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning uç tomonlama muzokaralari boşlandi. Uçraşuv Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasidagi «Silin Şançjuan» davlat qarorgohida bölib ötmoqda.
Bu – uç davlat rahbarlarining uşbu formatdagi tarixda ilk yuzma-yuz uçraşuvi. “Associated Press” ma’lumotlariga köra, muzokaralarning asosiy mavzulari quyidagilardan iborat:
- yadroviy qurollar ustidan nazorat;
- Ukrainadagi uruşni tartibga soliş;
- Erondagi harbiy harakatlarni töxtatiş;
- xalqaro xavfsizlik;
- savdo-iqtisodiy munosabatlar.
2026 yil fevral oyida Rossiya-Amerika örtasidagi “Strategik hujum qurollarini yanada qisqartiriş va çeklaş çora-tadbirlari töğrisida”gi şartnomaning amal qiliş muddati tugaganidan söng, Xitoy iştirokida yadroviy qurollar ustidan nazorat töğrisidagi yangi bitimni işlab çiqiş markaziy masalalardan biriga aylanişi kutilmoqda.
Uç tomonlama sammit boşlanişidan oldin Donald Tramp Vladimir Putin va Si Szinpin bilan alohida muzokaralar ötkazgan.
E’tiborli jihati şundaki, uç tomonlama sammit ötkaziş imkoniyati 2026 yil 1 sentyabr kuni Bişkekda ommaviy ravişda muhokama qilingan edi. Öşanda Rossiya Prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov ŞHT sammiti doirasida Putin, Tramp va Si Szinpinning Xitoyda uçraşişi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Berlindagi Karnegi Rossiya va Yevrosiyoni örganiş markazi direktori Aleksandr Gabuyev BBC’ga bergan intervyusida aytişiça, dastlabki ekspertlik tayyorgarligi yöqligi va iştirokçilar manfaatlarining turliçaligi sababli uç tomonlama sammitdan sezilarli natijalar kutiş örinsiz.
Uning aytişiça, bu uçraşuv – Putin uçun dunyoning ikki eng yirik iqtisodiyoti yetakçilari bilan teng maqomda uçraşiş faktining özi diplomatik ğalaba, Si Szinpin uçun Tramp bilan şaxsiy munosabatlarni mustahkamlaş imkoniyati, Amerika Prezidenti uçun esa jahon diplomatiyasidagi öz rolini namoyiş etiş imkoniyati.
Ekspertning fikriça, uçala davlatning ham iştirokini talab qiladigan yagona strategik ahamiyatga ega mavzu – bu yadroviy qurollar ustidan nazorat. Biroq dastlabki tayyorgarlikning yöqligi kelişuvlarga erişiş ehtimolini pasaytiradi.
Gabuyev, şuningdek, 1945 yilgi Yalta konferensiyasi bilan öxşatişga urinişlarni asossiz deb hisoblaydi: zamonaviy dunyoni uç davlat kelişuvi asosida ta’sir doiralariga bölib oliş imkonsiz.
Live
Barchasi