Putin, Tramp va Si örtasidagi uçraşuv 1,5 soat davom etdi. Ular nimalar haqida gaplaşdi? (video)
Olam
−
15:33 318 2 daqiqa
Rossiya, AQŞ va Xitoy yetakçilari Vladimir Putin, Donald Tramp va Si Szinpinning Xitoyning Şençjen şahridagi Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasidagi muzokaralari bir yarim soat davom etdi. Yetakçilar uçraşuvi Toşkent vaqti bilan taxminan soat 13:30 da boşlangandi.
Yopiq eşiklar ortidagi uç tomonlama muzokaralardan oldin uçraşuvning oçiq qismi bölib ötdi. Uçala yetakçi ham kiriş sözlari bilan çiqiş qildi. Si Szinpin sammitni uşbu formatdagi tarixda ilk uçraşuv deb atadi va uning asosiy vazifasi yirik davlatlar munosabatlarida tinçlik hamda strategik barqarorlikni saqlab qoliş ekanini bildirdi.
XXR Raisining sözlariga köra, Rossiya, AQŞ va Xitoyning özaro hamkorligi xalqaro xavfsizlik uçun alohida ahamiyatga ega, çunki uşbu mamlakatlar tinçlikni ta’minlaş uçun mas’uldir.
“Tarix şuni örgatadiki, yirik davlatlar örtasidagi yaxşi munosabatlar dunyoni xavfsiz qiladi, ular örtasidagi qarama-qarşilik esa dunyoni tartibsizlikka ğarq qiladi”, deydi u.
Putin esa, öz navbatida, uç davlatning xalqaro tinçlik va xavfsizlik uçun umumiy mas’uliyatini ta’kidlagan. Rossiya Prezidenti muhokama qilinadigan mavzular qatorida global va mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini sanab ötgan.
“Mamlakatlarimizning mintaqaviy mojarolarni, jumladan, albatta, Ukrainadagi mojaroni ham tartibga soliş borasida özaro mos keluvçi köplab manfaatlari mavjud. Bu haqda keça Xitoy Xalq Respublikasi Raisi bilan ham gaplaşgan edik, bugun esa Amerika Qöşma Ştatlari Prezidentining taşabbusi bilan ikki tomonlama uçraşuvda bunga köp e’tibor qaratdik”, deya qöşimça qilgan u.
Tramp esa uçta eng yirik davlat yetakçilari oldida “muhokama qilinadigan köp masalalar” turganini ta’kidlagan.
“Biz tarixga kirişimizga işonçim komil”, deydi u.
Ehtimoliy hamkorlik yönalişlari orasida Amerika Prezidenti yadroviy arsenallarni qisqartiriş va yadro quroli tarqalişi xavfini kamaytirişni alohida ajratib körsatgan. Şuningdek, u yetakçilar Ukrainadagi mojaroni muhokama qilişlarini tasdiqlagan.
“Prezident Putin va men bugun uşbu mojaroni allaqaçon yetarliça uzoq muhokama qildik. Menimça, biz töğri yönalişda ketyapmiz. Umid qilamanki, Prezident Putin ham, Ukraina tomoni ham uşbu mojaroning yakunlanişiga erişişni istaydi”, deydi u.
Live
Barchasi