Yadro uruşida ğalaba qozonib bölmaydi – Si Szinpin
Olam
−
15:20 435 2 daqiqa
Yadro uruşida ğalaba qozonib bölmaydi va u heç qaçon boşlanmasligi kerak. Bu haqda bugun, 19 noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Şençjenda AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan uç tomonlama uçraşuvda gapirdi.
“Uç davlatni nafaqat Ikkinçi jahon uruşida ğolib çiqqan mamlakatlar maqomi, balki eng asosiysi – xalqaro tinçlik va xavfsizlikni ta’minlaş böyiça birgalikdagi mas’uliyat birlaştirib turadi”, deydi Putin uçraşuv avvalida.
U Rossiya, AQŞ va Xitoy “BMTni taşkil etiş boşida turganini” hamda uç mamlakatning mintaqaviy mojarolarni, jumladan, Ukraina mojarosini tartibga soliş borasida köplab özaro mos keluvçi manfaatlari borligini qöşimça qilgan.
“Bizning zimmamizda uşbu universal taşkilotning şakllanişi bilan birga vujudga kelgan xalqaro huquq tizimini, jumladan BMT Nizomi va unda mustahkamlangan tamoyillarni saqlab qoliş va mustahkamlaş vazifasi turibdi”, deydi Putin.
Tramp esa, öz navbatida, Vaşington, Moskva va Pekin yadro quroli masalalarida hamkorlik qilişi kerakligini bildirgan.
“Butun dunyo böylab boşqa mamlakatlarda yadro quroli tarqalişi tahdidiga qarşi kuraşda hamkorlik qilişimiz nihoyatda muhim”, deydi Tramp.
U AQŞ Eronda aynan şu iş bilan “şuğullanayotganini” qöşimça qilgan.
“Eron heç qaçon yadro quroliga ega bölmaydi”, deydi Tramp.
Si Szinpin esa yadro qurolini töliq taqiqlaş va yöq qilişga çaqirgan.
“Yadro uruşida ğalaba qozonib bölmaydi va u heç qaçon boşlanmasligi kerak”, deydi u.
Live
Barchasi