Qrim köprigiga Starlink’dan foydalanmasdan zarba berildi – “The Times” (video)
Olam
−
13:27 641 3 daqiqa
Kiyev Qrim köprigining qisman vayron bölişiga olib kelgan hujumlarni SpaceX egasi Ilon Maskka tegişli Starlink sun’iy yöldoş aloqasi va uning harbiy versiyasi – Starshield’ga tayanmasdan amalga oşirdi. Bu haqda operatsiyada iştirok etgan ukrainalik zobit “The Times” naşriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, Ukraina raketalarga signalni uçuvçisiz uçiş apparatlari yordamida uzatuvçi öz aloqa tizimini işlab çiqqan. Hujum oqibatida balandligi 15 qavatli binoga teng bölgan metall arka yöl qatlami va tayanç konstruksiyalarning bir qismi bilan birga dengizga qulab tuşgan.
“Amerikaliklar bunday operatsiyalarni ötkaziş uçun aloqamizni falaj qilişga urinişdi, biroq uşbu missiya biz radiosignallarni retranslyatsiya qiliş uçun öz kanallarimizni yarata olişimizni isbotladi. Tarixda birinçi marta biz köprikdagi aniq nişonlarga zarba berişi uçun raketalarga videosignal uzatiş maqsadida barça uşbu dronlarni jalb qildik. Biz bunday operatsiyalarni Starlink’siz ham ötkazişga qodir ekanimizni körsatdik”, deydi manba.
“The Times” suhbatdoşlarining aytişiça, köprikning vayron qilinişi Ukraina raketa qöşinlari hamda Uçuvçisiz tizimlar kuçlari (UTK), Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX), Harbiy-dengiz kuçlari va Maxsus operatsiyalar kuçlarining elita bölinmalari dron operatorlari iştirokidagi murakkab kombinatsiyalaşgan operatsiya natijasi bölgan.
Ularning ma’lumotlariga köra, dastlab 16 noyabrga ötar keçasi Ukraina kuçlari yuzlab dronlarni qöllagan holda ommaviy hujum uyuştirib, Rossiya va Rossiya Qurolli kuçlari tomonidan bosib olingan hududlar ustidagi havo makonini ortiqça yuklagan, havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimlari va neftni qayta işlaş zavodlariga zarbalar berib, Rossiya raketalari zaxirasini tugatgan. Şundan söng, keça, 17 noyabr kuni erta tongda Ukrainaning “Flamingo” va “Neptun” qanotli raketalari, şuningdek, “Palyanitsa” reaktiv dronlari köprikka zarba bergan.
“Qrim köprigining asosiy oraliq qismi “halokatli” darajada zarar körgan”, deydi Avstraliyaning Monaş universiteti struktur muhandislik professori Kolin Kaprani BBC’ga.
Uning sözlariga köra, bunday vaziyatda ob’ektni ta’mirlaş uni noldan qurişdan ham qiyinroq böladi. Ta’mirlaş işlariga kirişişdan oldin omon qolgan konstruksiyalarning ayrimlarini butunlay buzib taşlaşga töğri keladi.
Operatsiya iştirokçisining sözlariga köra, Ukraina kuçlari har qanday ta’mirlaş brigadalariga qarata öt oçişga tayyor.
“Qişki sovuq şaroitida va bizning öqlarimiz ostida uni [köprikni – tahr.] tiklaş imkonsiz böladi, deb hisoblaymiz”, deya ma’lum qilgan u “The Times” naşriga.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Qurolli kuçlari Qrim köprigiga yana hujum qilgani haqida xabar berilgan edi. Hodisa ortidan Qrim va Rossiyaning Krasnodar ölkasida raketa xavfi e’lon qilinib, köprikda avtomobillar harakati töxtatilgan.
Live
Barchasi