Rossiya Kiyevdagi 6-issiqlik elektr markaziga zarba berdi

Olam

−

image

Rossiya harbiylari bugun, 31 oktyabrga ötar keçasi dronlar yordamida Kiyevdagi 6-issiqlik elektr markaziga (IEM-6) zarba berdi. Rossiya Mudofaa vazirligi mazkur ob’ekt harbiy logistika inşootlari hamda qurol-yaroğ va harbiy texnika saqlanadigan joylarni elektr energiyasi bilan ta’minlaganini bildirdi. Bu haqda RBK xabar berdi.

“Zarbalar oqibatida harbiy logistika ob’ektlari, qurol-yaroğ va harbiy texnika saqlanadigan joylarni elektr energiyasi bilan ta’minlovçi 6-issiqlik elektr markazi şikastlandi“, deyiladi vazirlik xabarida.

Kiyevdagi IEM-6 Ukrainadagi eng yirik issiqlik elektr markazlaridan biri hisoblanadi. U Kiyevning şimoli-şarqiy çekkasida, Desnyanskiy tumanida joylaşgan. Markaz bir vaqtning özida elektr va issiqlik energiyasi işlab çiqaradi. Uning elektr energiyasi işlab çiqariş quvvati 500 megavatt, issiqlik quvvati esa soatiga 1 740 gigakaloriyani taşkil etadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi, şuningdek, Xarkovdagi “Proton“ sanoat zonasida joylaşgan, Ukraina Qurolli kuçlari uçun qurol-yaroğ va harbiy texnika ehtiyot qismlari işlab çiqariladigan sexlarga ham zarba berilganini ma’lum qilgan. Bundan taşqari, dronlarni yiğiş va saqlaş uçun foydalaniladigan omborlar ham nişonga olingan.

Vazirlik ma’lumotlariga köra, Odessa şahridan 18 kilometr janubda Ukraina Qurolli kuçlari uçun yuk taşiyotgani aytilgan quruq yuk kemasi ham zarbaga uçragan.

Avvalroq, 30 oktyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev va uning atrofidagi harbiy-sanoat korxonalari hamda energetika ob’ektlariga, şuningdek, Qora dengizdagi harbiy yuklar taşiyotgan kemaga hujum qilinganini bildirgan edi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning Bryansk viloyatidagi harbiylar uçun konserva işlab çiqaradigan zavod va Samara viloyatidagi neftni qayta işlaş zavodiga hujum qilgandi. Har ikki korxona hududida yonğin çiqqan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing