Rossiya Kiyevdagi köprik va metroni öqqa tutdi. Qurbon bor (video)
Olam
−
11:43 640 1 daqiqa
Rossiya qöşinlari tunda Ukraina poytaxti Kiyevga hujum qildi. Oqibatda bir kişi halok bölib, yana 10 kişi yaralandi. Bu haqda Kiyev meri Vitaliy Kliçko ma’lum qildi.
Kliçkoning sözlariga köra, yaralanganlarning aksariyati universitetlardan birining talabalar turar joyida yaşovçi talabalar bölgan. Ulardan töqqiz nafari şifoxonaga yotqizilgan.
Hujum oqibatida Kiyevdagi Janubiy köprik va metro infratuzilmasiga zarar yetgan. Dnepr tumanida tibbiyot muassasasi, Desnyanskiy tumanida universitet talabalar turar joyi yaqinidagi hudud, Podol tumanida esa ma’muriy bino zarba ostida qolgan.
Kiyev şahar harbiy ma’muriyati hujum sababli Janubiy köprikda transport harakati töxtatilganini ma’lum qilgan.
Oktyabr oyi boşidan beri Rossiya qöşinlari Kiyevdagi Dnepr daryosi ustidan ötgan köpriklarga hujumlarni kuçaytirgan. Janubiy köprik kamida ikki marta, Şimoliy köprik esa bir neça bor nişonga olingan.
Avvalroq, Rossiya va Ukraina kelişuvga asosan Xerson viloyatining Rossiya qöşinlari nazoratidagi Oleşki şahrida öt oçişni töxtatgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib ötamiz, Rossiya armiyasi joriy yilning 25 oktyabr kuni Ukrainadagi logistika markazlari, energetika infratuzilmasi va portlarga hujum qilgan edi.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr