Muzokaralar oldidan Rossiya Kiyevga ballistik raketalar bilan zarba berdi
Olam
−
13:26 580 2 daqiqa
Bugun, 7 noyabrga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Kiyev va uning atrofiga raketalar bilan ommaviy hujum uyuştirdi. Oqibatda kamida beş kişi jarohatlandi, turar joy binolari, korxonalar va energetika infratuzilmasi ob’ektlari şikastlandi. Ayrim tumanlarda elektr energiyasi, isitiş va suv ta’minotida uzilişlar yuzaga keldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Kiyev meri Vitaliy Kliçkoning sözlariga köra, Rossiya qöşinlari ballistik raketalarni qöllagan. Raketa parçalari poytaxtning ğarbiy qismidagi beş qavatli turar joy binosiga, şuningdek, boşqa bir binoning fasadiga zarar yetkazgan. Bundan taşqari, boğça joylaşgan bino şikastlangan.
Zarbalardan söng Dnepr orqali ötgan köpriklardan birida harakatlaniş çeklangan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ommaviy hujum uyuştirilganini tasdiqlab, Ukrainaning harbiy-sanoat majmuasi, energetika va transport infratuzilmasi ob’ektlari nişonga olinganini ma’lum qilgan.
Rossiya idorasining ma’lum qilişiça, zarbalar, jumladan, Kiyevning Şimoliy köprigiga (Moskva undan qurol-yaroğ va harbiy texnika taşiş uçun foydalanilgan deb da’vo qilmoqda) hamda “Meridian” korxonasiga berilgan. Rossiya tomoni uşbu zavodda “Flamingo” qanotli raketalari işlab çiqariladi, deya da’vo qilmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan bildirilgan sirtqi nişonlar va zarbalar natijalarining barçasi böyiça mustaqil tasdiqlar hozirça mavjud emas.
Hujum Ukraina, Rossiya va AQŞ örtasidagi uç tomonlama muzokaralarning yangi raundiga uç kun qolganda sodir böldi. Uçraşuv joriy yilning 10–11 noyabr kunlari Abu-Dabida ötkazilişi rejalaştirilgan. AQŞ Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff avvalroq xabar qilganidek, tomonlar uruşni töxtatiş, xavfsizlik kafolatlari, keskinlikni kamaytiriş va gumanitar masalalarni muhokama qiliş niyatida.
Bölajak muzokaralar fevral oyidagi uçraşuvlardan keyingi birinçi şunday raund böladi. Diplomatik harakatlarga qaramay, Moskva va Kiyev örtasida hududiy masalalar va mumkin bölgan tinçlik bitimi şartlari böyiça jiddiy kelişmovçiliklar saqlanib qolmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Ozon marketpleysi Ukraina dronlarining 11 ta logistika markaziga hujumlari oqibatida yetkazilgan zararni 30,1 milliard rublga baholagandi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr