AQŞda 70 yoşli mahbusni qatl etiş jarayoni azobli qiynoqqa aylanib ketdi

Olam

−

image

AQŞning Texas ştatida 70 yoşli mahbusni qatl etiş jarayoni bir soatdan ortiq vaqtga çözildi, preparat yuborilganidan söng esa erkak qariyb uç daqiqa davomida oğriqdan dod soldi. Qamoqxona ma’muriyati barça jarayonlar qoida asosida ötkazilganini da’vo qilmoqda. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.

Gazetaning yozişiça, Reynaldo Dennes 1996 yilda sodir etilgan qotillik va bosqinçilik uçun oliy jazoga hukm qilingan. Xantsvill qamoqxonasida şifokorlar tomçi dori (“kapelnitsa”) qöyiş uçun ança vaqtgaça uning vena tomirini topa olmagan.

Preparatning ölimga olib keluvçi dozasi yuborilgaç, mahkum ingray boşlagan, Xudodan jonini olişini yolvorib söragan va “bunday bölmasligi kerak” degan sözlarni takrorlagan.

Qatl jarayonida iştirok etgan AP jurnalisti Maykl Graçik uşbu holat özi ilgari guvoh bölgan yuzlab boşqa hukm ijrolaridan keskin farq qilganini bildirgan.

“U çidab bölmas oğriqdan ingrardi”, deya preparat yuborilganidan keyin mahkumning ahvolini tasvirlagan muxbir.

Qamoqxona vakillari reglamentga töliq rioya qilinganini bildirib, erkak oğriqni börttirib körsatgan yoki ataylab özini qiynalayotgandek tutgan bölişi mumkinligini taxmin qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Tennessi ştatida 1995 yilda qotillik sodir etgani uçun ölim jazosiga hukm qilingan Krista Geyl Payk ikki doza ölimga olib keluvçi preparat yuborilganiga qaramay, tirik qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing