Eron AQŞning Bahrayndagi bazalariga zarba berdi
Olam
−
10:32 220 1 daqiqa
Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) Bahrayn hududiga zarba berdi. Korpus bayonotiga köra, AQŞning Ar-Rifa va Avali hududlarida joylaşgan bazalari nişonga olingan. Bu haqda harbiylarga tayanib, IRNA xabar qildi.
Qayd etilişiça, hujum davomida Patriot zenit-raketa majmualarining ikkita radari yöq qilingan. Harbiy tuzilma uşbu amaliyotni AQŞ tomonidan “davom etayotgan tajovuz va Islom Respublikasi havo hududining buzilişiga javob” deb atagan.
Bahrayn rasmiylari esa zarbalar oqibatida fuqarolik sanoat ob’ektiga şikast yetganini ma’lum qilgan.
Mamlakat Içki işlar vazirligi ma’lumotiga köra, binoda yonğin kelib çiqqan, jabrlanganlar yöq. Aynan qaysi ob’ekt zarar körgani va u qayerda joylaşganiga aniqlik kiritilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ harbiy samolyotlari Eronning Qeşm orolidagi raketa uçiriş maydoniga zarba bergandi. AQŞ harbiylari buni Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusining amerikalik harbiy xizmatçilar va ob’ektlarga qarşi harakatlariga javoban amalga oşirilgan “özini himoya qiliş“ zarbasi deb izohlagan.
Live
Barchasi