Eron Hormuz böğozini oçiş uçun AQŞdan yetti şartni bajarişni talab qilmoqda

Olam

−

image

Eron Hormuz böğozini kemalar qatnovi uçun oçişga tayyor, biroq buning uçun AQŞ Tehron tomonidan ilgari surilgan yetti şartni bajarişi kerak. Bu haqda Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, Tehron Vaşington bilan böğozni oçiş masalasini ekspertlar darajasida muhokama qilişga tayyor. Biroq buning uçun AQŞ muzokaralarga jiddiy yondaşişi va kelişuvga erişiş niyatini aniq bildirişi lozim.

Aroqçining ta’kidlaşiça, Eron bu safar avvalgi tajriba takrorlanmasligi uçun işonçni mustahkamlaş çoralarini körişni istaydi. Şuningdek, u har qanday kelişuv yangi uruşning oldini olişi va AQŞ uni öz ğalabasi sifatida talqin qilişi mumkin bölgan yon berişlarni öz içiga olmasligi kerakligini aytgan.

Qayd etilişiça, Eron yetti şartning mazmuni saqlanib qolgan taqdirda ularni amalga oşiriş tartibi va muddatlarini muhokama qilişga tayyor. Tehron AQŞ talablarni bajarganidan keyin Hormuz böğozini ikki kunlik taklif doirasida ikkinçi kuni kemalar qatnovi uçun oçiş va şu kuni muzokaralarni boşlaşni taklif qilmoqda.

Tomonlar örtasidagi takliflar almaşinuvi Qatar va Pokiston vositaçiligida davom etmoqda. Aroqçi Islamabodda kelişilgan özaro anglaşuv memorandumi endi körib çiqilmayotganini ham bildirgan.

Ma’lumot uçun, AQŞ Erondan yadro qurolini işlab çiqişdan voz keçiş va Hurmuz böğozida erkin kemalar qatnovini ta’minlaş böyiça kafolat berişni talab qilmoqda. Donald Tramp esa avvalroq Tehronning taklifini rad etgan edi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yaqin Şarqdagi mojaro sababli benzin va dizel yonilğisi narxining oşişi tahlil qilingan 169 ta mamlakat iste’molçilariga qöşimça 468 milliard dollarga tuşgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing