Hokimiyatda qoliş uçun Netanyaxu Eronga qarşi uruşni kuçaytirmoqçi
Tahlil
−
18:27 374 8 daqiqa
Uruş beşafqat öyin. Bir kirdingmi, ortga yöl yöq. Eronga qarşi boşlangan uruş ham Isroilning amaldagi Boş vaziri Binyamin Netanyaxuga uşbu özgarmas haqiqatni yana bir bor isbotlab bermoqda. Biror-bir piçoqqa ilinarli ğalabasiz, aksinça, qimmatga tuşgan yonilği va siyosiy inqirozlar olib kelgan bu mojaro AQŞ prezidenti Donald Trampni ham Bibini ham tavbasiga tayantirdi. Vaholanki, janob Netanyaxu buni tan olgisi yöq.
Joriy yilning 27 oktyabr kuni bölib ötgan saylovlar Isroilda hamma ham hukumat olib borayotgan uruşni ma’qullamasligini oçiq körsatib qöydi. Hukumat tuziş vakolati Gadi Ayzenkotga topşirildi. Kiçik tanaffuslar bilan qariyb 19 yildan buyon Tel-Avivdagi hukumatga rahbarlik qilib kelayotgan Binyamin Netanyaxu esa hokimiyatni özida saqlab qoliş uçun uruşni davom ettirmoqçi, aniqroq qilib aytganda, muvaffaqiyatli yakunlab qöymoqçi.
Xöş, dunyoni uruşning yangi va öta halokatli tölqini kutmoqdami yoki Bibining tişi Eronga ötmadimi?
Netanyaxu yana uruş boşlay oladimi?
Binyamin Netanyaxu – Isroilning XXI asr siyosatidagi şu qadar katta figuraki, barça muhokamali, bahsli va tanqidlarga sabab bölgan qarorlar ortida uning imzosi turadi. Negaki, Isroil parlamentar respublika, bu davlatda asosiy hokimiyat boş vazirning qölida jamlangan, prezident esa asosan ramziy va tantanali vakolatlarga ega, xolos. U Isroil siyosatida şunçaki uzoq yillik boş vazir emas, balki mamlakatning sönggi uç ön yillikdagi siyosiy qiyofasini şakllantirgan asosiy şaxslardan biridir.
Netanyaxu ilk bor 1996 yilda hukumat rahbariga aylangan bölsa, dastlabki muddatida 1999 yilgaça hukumatni boşqargan. 2009 yilda hokimiyatga qaytib, 2021 yilgaça uzluksiz boş vazirlik qilgan va 2022 yil dekabrida yana lavozimni egallagan edi. Umuman olganda, u Isroil tarixidagi eng uzoq vaqt davomida boş vazir bölgan siyosatçi hisoblanadi. Biroq siyosiy uzoq umr köriş har doim ham hokimiyatni mustahkam uşlab turiş degani emas. Bugun Netanyaxu aynan şunday sinov qarşisida, saylovlar yahudiy xalqi uning uslubidan çarçaganini körsatmoqda.
27 oktyabr kuni bölib ötgan parlament saylovlari Netanyaxuning siyosiy mavqeiga jiddiy zarba berdi. Uning öng qanot, öta millatçi va ultraortodoks partiyalardan iborat koalitsiyasi Knessetdagi 120 örindan atigi 53 tasini qölga kiritdi. Hukumat tuziş uçun zarur 61 örinni esa avvaliga heç kim egallay olmadi.
Ammo Netanyaxuning raqibi Gadi Ayzenkot boşçiligidagi muxolifat arab partiyalarining qöllab-quvvatloviga erişdi. Şu tariqa ular jami 67 örinni egalladi va Prezident Isxak Gersog Ayzenkotga hukumatni tuziş vakolatini taqdim etdi. Biroq endi kuraş fraksiyalar orasida keçmoqda. 16 noyabr holatiga köra, koalitsiya muzokaralari natija bermagan. Ayzenkot bir tomondan arab partiyalari bilan, ikkinçi tomondan esa ultraortodoks kuçlar bilan kelişuvga erişişda qiyinçiliklarga duç kelmoqda. Ayni şu tarqoqlik sababli hali ham Binyamin Netanyaxu boş vazir bölib qolmoqda. Ayzenkotga hukumat tuziş vakolati berilgan bölsa-da, yangi koalitsiya hali şakllanmagani tufayli Netanyaxu amaldagi hukumat rahbari sifatida öz vazifasini vaqtinçalik tartibda bajarişda davom etmoqda.
Bibining özi ham hokimiyatni qöş-qöllab topşirib qöymoqçi emas. U parlament içidagi vaziyatdan foydalanib, milliy birlik hukumatini tuzişni taklif qilmoqda. Şuningdek, boş vazirning qölida hali bir neçta muhim kartalar bor. Eng xavflisi – Eron bilan yangi harbiy töqnaşuv ehtimoli. “The New Arab” naşrining yozişiça, Isroil xavfsizlik kabineti harbiylarga Eronga ehtimoliy zarba berişga tayyorgarlikni kuçaytiriş böyiça körsatma bergan. Siyosiy tahlilçi Yagil Levining fikriça, Netanyaxu uçun bunday amaliyotning asosiy maqsadi harbiy natijaga erişişdan köra, içki siyosiy vaziyatni özgartiriş bölişi mumkin.
“Netanyaxu uruşning özidan biron-bir sezilarli yutuqlarga erişişni kutmayapti. Aksinça, u keng qamrovli hukumatga bölgan ehtiyoj haqidagi tasavvurni kuçaytirişga, özini yana bir bor tahdidlarga qarşi tura oladigan yagona yetakçi sifatida körsatişga hamda arab partiyalari uruş boşlaş qarorini qoralagan taqdirda, ularni boşi berk köçaga tiqib qöyişga intilmoqda”, deydi tahlilçi.
Bu usul tarixan köp bora qöllanilgan bölib, mamlakat içidagi tarqoqlikka barham beriş uçun butun xalqni birlaştiradigan “uruş kerak”. Çindan ham, yangi mojaro xavfi jamiyatda kuçli rahbarga ehtiyoj hissini kuçaytiradi. Boşqaça aytganda, Netanyaxu taşqi duşman bilan töqnaşuv orqali içki siyosiy raqiblarini mudofaa pozitsiyasiga ötkazişga urinişi mumkin.
Buning uçun Netanyahuda huquqiy imkoniyat ham saqlanib qolgan. Isroilning Asosiy qonunining 40-moddasiga köra, uruş boşlaş yoki katta harbiy töqnaşuvga olib kelişi mumkin bölgan operatsiya hukumat yoxud xavfsizlik kabineti tomonidan tasdiqlanişi kerak. Muhimi, qonunçilik amaldagi va muvaqqat hukumat örtasida bu borada farq qöymaydi. Demak, parlamentdagi köpçilikni yöqotganiga qaramay, Netanyaxu boş vazir vazifasini bajaruvçi sifatida ham harbiy qarorlar qabul qiliş vakolatini saqlab qolmoqda.
Ana şunday vaziyatda Eronga qarşi harbiy harakatlar avval aytilganidek, yadroviy xavfning oldini oliş mazmunini yöqotmaydi, balki şunçaki birgina şaxsning hokimiyat ilinjida qilayotgan harakatiga aylanadi. Biroq bunday tavakkalning narxi ham yuqori bölişi tabiiy. Har holda, Eron ham bunga jim qarab turmasligi aniq. Tehronning javob zarbalari, mintaqaviy mojaroning kengayişi yahudiylarni yanada qiyinroq vaziyatga solib qöyişi mumkin. Qolaversa, uruş boşlanişi Netanyaxuning hokimiyatda qolişini kafolatlamaydi.
“Uruşqoq”ni kim töxtatadi?
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxuning Eronga qarşi yangi uruş boşlaşining ehtimoli qançalik yuqori bölmasin, bunga qarşi çiquvçilar va tösqinlik qiluvçilar doim topiladi, hatto Isroilning özidan ham. Bu safar gap siyosiy muxolifat yoki xalqaro hamjamiyatning noroziligi haqida emas, balki Isroilning öz harbiy rahbariyati haqida ketmoqda. Mamlakatda hukumat almaşinuvi kutilayotgan, Netanyaxu esa hokimiyatni saqlab qoliş uçun siyosiy kuraş olib borayotgan bir paytda armiya Boş ştabi rahbari Eyal Zamir yangi harbiy amaliyotga qarşi çiqmoqda.
Zamir Eronga qarşi navbatdagi keng kölamli zarba mintaqada yana bir yirik uruşni boşlab yuborişidan xavotirda. Biroq u boş vazirga oçiqçasiga böysunmaslik örniga, uning qarorini amalga oşirişni qiyinlaştiradigan bir neçta institutsional vositalardan foydalanişi mumkin. Jumladan, harbiy tayyorgarlikni ataylab sekinlaştiriş, operatsiya uçun hukumatning aniq va yozma ruxsatini talab qiliş yoki boş prokuror Gali Baharav-Miara masalaga huquqiy baho berişini söraş. Ya’ni armiya boşliği Netanyaxuni töğridan töğri töxtata olmasa-da, uning rejasini amalga oşiriş jarayoniga jiddiy tösiqlar qöyişi mumkin.
“Zamir Ğazodagi uruşning sönggi bosqiçlarida hukumatning qarorlariga oçiqçasiga qarşi çiqmasdan turib, şunçaki Ğazoning ayrim qismlarini qayta egallaş uçun juda sekin harakat qilganidek, çöziş orqali qarşilik körsatişga qodirligini namoyon etdi”, dedi professor Yagil Levi.
Biroq Isroil qonunçiligida harbiy rahbariyat boş vazir qarorlariga veto qöyiş vakolatiga ega emas. Asosiy qonunning 40-moddasiga muvofiq, uruş yoki uruşga olib kelişi ehtimoli yuqori bölgan yirik harbiy operatsiya hukumat yoxud tegişli vakolat berilgan xavfsizlik kabineti tomonidan tasdiqlanişi kerak. Netanyaxu muvaqqat hukumat rahbari bölsa-da, yangi hukumat şakllanguniga qadar ijro hokimiyatini saqlab qoladi.
Zamirning qölida yana bir imkoniyat bor: boş prokuror aralaşuviga erişiş. Agar Baharav-Miara harbiy amaliyotni boşlaş uçun yetarli huquqiy asos yöq, degan xulosaga kelsa, harbiy rahbariyat uning körsatmalariga amal qilişi mumkin. Biroq bu ham kafolatlangan mexanizm emas.
Netanyaxuni jilovlaşi mumkin bölgan yana bir kuç – AQŞ. Donald Tramp ham Eronga qarşi uruş boşlab, ta’zirini yeganlar qatoridan. 3 noyabr kuni bölib ötgan saylovlarda kuzatilgan tarixiy mağlubiyat respublikaçilarni, şu jumladan Trampni ham aqlini kiritib qöydi.
“Oğzi kuygan qatiqni ham puflab içadi”, deganlaridek, hozirça Tramp ham Eronga qarşi keng kölamli harbiy amaliyotlarni qayta boşlaşdan qoçmoqda. Bundan köra, u iqtisodiy bosim va diplomatik muzokaralarni davom ettiriş taklifini qöllab-quvvatlamoqda.
Netanyaxu esa şoşilmoqda, uning yangi uruşga bölgan ehtiyoji tobora oşib bormoqda. Hatto ikki davlat rahbari örtasida bölib ötgan telefon suhbatida ham ular bahslaşib qolgani tarmoqlarda jiddiy muhokamalarga sabab böldi. “The Independent” naşrining yozişiça, xabardor manbalardan biri ikki yetakçi örtasidagi muloqotni “dözaxdan çiqqan baqir-çaqir janjali” deb ta’riflagan.
Yagil Levining fikriça, Netanyaxuga ta’sir ötkazişning eng samarali vositasi aynan Amerikaning bosimi bölişi mumkin. Çunki Isroilning AQŞ harbiy va diplomatik kömagisiz katta mintaqaviy uruşni boşlaşi ança qiyin masala.
Şu tariqa, Netanyaxuning yölida 3 ta asosiy tösiq turibdi: harbiy rahbariyatning qarşiligi, huquqiy nazorat va Vaşingtonning pozitsiyasi. Ammo ularning heç biri alohida holda boş vazirning qölini butunlay boğlay olmaydi. Aksinça, Netanyaxu harbiylarning noroziligini saylanmagan elitaning siyosiy rahbariyatga qarşiligi sifatida körsatib, jamiyatni öz atrofiga birlaştirişga ham urinişi mumkin.
Eng muhimi, yangi uruş boşlaş haqidagi qaror faqat harbiy xaritalarda emas, balki Isroilning siyosiy kelajagida ham iz qoldiradi. Netanyaxu uçun bu hokimiyatda qoliş imkoniyatiga aylanişi mumkin, ammo Eron bilan navbatdagi töqnaşuvning oqibatlari butun mintaqaga ta’sir qiladi.