Netanyaxu davlat töntarişiga urinişda ayblandi

Olam

−

image

Isroil muxolifati vakillari Boş vazir Binyamin Netanyaxuni davlat töntarişiga urinişda aybladi. Bunga uning idorasi oktyabr oyidagi saylovlar arafasida arablar yetakçiligidagi partiya a’zolarini asossiz ayblaşga uringani haqidagi xabarlar sabab böldi. Öşa saylovlarda Netanyaxuning “Likud” partiyasi mağlub bölgandi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi. 

Ma’lumotlarga köra, keça, 16 noyabr kuni muxolifat yetakçisi Yair Lapid ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida mazkur holat yuzasidan munosabat bildirib, buni davlat töntarişiga uriniş deb atagan.

“Tafsilotlar oydinlaşgani sayin bir narsa aniq bölmoqda: bu şunçaki saylovlarga aralaşişga uriniş emas edi. Bu davlat töntarişiga uriniş bölgan”, deb yozdi u.

Isroilning “Channel 12” telekanali 15 noyabr kuni saylov arafasida Netanyaxu apparati rahbari Ido Norden politsiyaga qönğiroq qilib, “Raam” partiyasi a’zolari ustidan şikoyat qilgani haqida xabar bergan.

Norden politsiya xodimlarini Netanyaxu idorasining sobiq xodimi bilan boğlagan. U razvedka manbasi sifatida körsatilgan. Uşbu şaxs taqdim etgan ma’lumotlar asosida “Raam” partiyasining uç nafar a’zosi hibsga olingan. Biroq keyinçalik politsiya ayblovlarni asossiz deb topib, ularni ozod qilgan.

Isroilning “Haaretz” gazetasi ham 15 noyabr kuni “Şin Bet” içki xavfsizlik xizmati rahbari arablar yetakçiligidagi “Birlaşgan röyxat” partiyasi yetakçilarining telefon suhbatlarini tinglaşga uringani haqida xabar bergan. Ammo boş prokuror dalillar yetarli emasligi sababli bunga ruxsat bermagan.

Isroil politsiyasi mazkur holat yuzasidan qaror qabul qiliş va ma’lumot uzatiş jarayonini körib çiqişini ma’lum qildi. Netanyaxuning “Likud” partiyasi esa tarqalgan xabarlarni rad etgan.

Ovoz beriş jarayonidan söng Netanyaxu arab partiyalarini saylovlarni soxtalaştirişda ayblagan edi. Öşanda mazkur partiyalar Knessetda rekord darajadagi 19 ta örinni qölga kiritgan. “Birlaşgan röyxat” partiyasi yetakçisi Yusuf Jabarin ham Netanyaxu harakatlarini davlat töntarişiga uriniş deb baholadi. U “Şin Bet” bilan boğliq ayblovlarni “qora rejimlarga xos xatti-harakat” deb atadi.

“Raam” partiyasi deputati, politsiyaning sobiq rahbari Yoav Segalovits esa zudlik bilan tergov ötkazişga çaqirdi.

“Netanyaxu saylovlar soxtalaştirilayotgani haqida jar soldi. Vaholanki, uning özi mamlakatni öğirlaşga uringan va hozir ham bunga harakat qilmoqda”, deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib ötamiz, 8 noyabr kuni Isroil Prezidenti Isxak Gersog muxolifat yetakçisi Gadi Ayzenkotga yangi hukumatni şakllantiriş mandatini topşirgan edi. Unga hukmron koalitsiya tuziş uçun 28 kun vaqt berilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing