Men Isroilga borib, boş vazir bölişim mumkin – Tramp
Olam
−
15:06 496 3 daqiqa
AQŞ Prezidenti Donald Tramp mojaro tugaganidan söng Isroil boş vaziri “bölişi mumkinligini” aytdi. Bu haqda u “Salem News Channel” telekanaliga telefon orqali bergan intervyusida gapirdi.
Isroilga doimo qat’iy yordam körsatib kelganini aytgan Tramp öz pozitsiyasi özgarmaganini va hamon AQŞning eng isroilparast prezidentlaridan biri bölib qolayotganini qayd etgan. Oq uy rahbari Isroil jamoatçiligi orasida uni qöllab-quvvatlaş darajasi yuqori ekaniga e’tibor qaratgan.
“Isroilda meni qöllab-quvvatlaş reytingi 99 foizni taşkil etadi, men u yerda eng maşhur insonman. Bularning barçasi tugagaç, men Isroilga borib, boş vazir bölişim mumkin”, deydi Amerika yetakçisi.
Tramp, şuningdek, Miçigandagi saylovlarda Demokratik partiya nomzodi, musulmon Abdul al-Said özining respublikaçi raqibiga qaraganda yahudiy saylovçilarning köproq ovozini olganini eslatib ötgan. AQŞ Prezidenti buni tuşunmasligini ma’lum qilgan.
Şuningdek, Tramp Eronning yadro quroliga ega bölişiga yöl qöymaslik uçun harbiy kuç işlatişda ikkilangan bölarmidingiz, degan savolga: “Yöq, bir soniya ham ikkilanmasdim”, deya javob bergan. Amerika yetakçisi Eronga qarşi keng kölamli “harbiy operatsiyalar” qayta boşlanişi ehtimolini istisno etmagan. Tegişli savolga u: “Ehtimol”, deb javob qaytargan.
Tramp AQŞ Eron masalasida “juda yaxşi oldinga siljiyotganini” ta’kidlagan va hozirda Hormuz böğozi orqali uruş boşlanişidan oldingiga qaraganda köproq neft ötayotganini da’vo qilgan.
“Biz Venesuelada öz maqsadimizga erişdik va Hormuz böğozini nazorat qilyapmiz. Böğoz töliq bizning nazoratimiz ostida”, deydi Tramp va Eron bilan uruşni AQŞ uçun “oson” deb atagan.
Prezidentning sözlariga köra, AQŞ Eron bilan uruşda özi zarur deb bilgan istalgan vaqtda ğalaba qozonişi mumkin va muddat faqat Vaşingtonga boğliq.
“Hozir biz uşbu uruşda ğalabaga erişiş jarayonidamiz”, deydi u.
AQŞning Kubaga harbiy aralaşuvi ehtimoli haqidagi savolga javob berar ekan, Tramp: “Lavozimni tark etişimdan oldin Kuba masalasini hal qilmoqçiman”, deydi u.
Tramp AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Kuba yönalişi böyiça işlarni “juda yaxşi” olib borayotganini va zarur qadamlarni taşlayotganini urğulagan.
“Biz vaziyatni juda diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Hammasi nihoyatda yomon tus olmoqda, aslida Kuba – muvaffaqiyatsizlikka uçragan davlat”, deya bayonot bergan Amerika yetakçisi.
Hatto gap çeklangan harbiy operatsiya haqida ketgan taqdirda ham, Kubaga qarşi harbiy kuç işlatiş uning uçun muammo tuğdirmaydimi, degan savolga Tramp: “Men uçun bu maqbul. Men, şubhasiz, bunday imkoniyatni körib çiqqan bölardim”, deya javob bergan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Donald Tramp Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu bilan Eronga qarşi harbiy hujumlarni qayta boşlaş masalasida telefonda keskin tortişib qolgani haqida xabar berilgan edi. Suhbatdan xabardor manbalardan biri ikki yetakçi örtasidagi muloqotni “dözaxdan çiqqan baqir-çaqir janjali” deb ta’riflagan.
Live
Barchasi