“Katta”lar kelişolmadi. Japarov yana prezident bölmoqçi – Qalampir.uz dayjesti
Tahlil
−
21:05 494 5 daqiqa
Kun davomida Özbekiston va jahon miqyosida sodir bölgan muhim hodisalar tafsiloti bilan Qalampir.uz dayjesti
Qarşida Telegram orqali ekstremizmga çorlagan guruh foş etildi
Qarşi şahrida yaşovçi 20 yoşli şaxs Telegram messenjerida guruh tuzib, unda ekstremistik ğoyalarni tarğib qilgani aniqlandi.
Ma’lum qilinişiça, 2006 yilda tuğilgan fuqaro dastlab ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik oqimlar yollovçilarining ta’siriga tuşgan. Şundan söng u Telegram messenjerida 1980–2007 yillar oraliğida tuğilgan 13 nafar a’zodan iborat virtual guruh taşkil etgan.
Guruhda radikal ğoyalar tarğib qilingan, şuningdek, “jihod” va “şahidlik”ka çorlovçi materiallar tarqatilgan.
Mudofaa vaziriga tanbeh bergan harbiy taqdirlandi
Harbiy Mudofaa vaziriga tanbeh bersa bunining oxiri nima bilan tugaydi? Lavozimidan ozod qilinadi deyişga şoşilmang. Balki taqdirlanar. Bölmagan gap deyişingiz mumkin. Lekin aynan şu hodisa AQŞda sodir böldi. Gap şundaki, bundan bir neça kun avval AQŞ Mudofaa vaziri Pit Hegset va uning jamoasi Arlington milliy qabristoniga borgan. Faxriylar kuniga bağişlangan marosimdan söng Hegset noma’lum askar qabri oldidagi zinapoyalarda rafiqasi Jennifer Rauşe va öz jamoasi a’zolari bilan suratga tuşgan. Guruh suratga olişni yakunlayotganida baland kulgi eşitilgan.
Bu vaqtda maqbarada navbatçilik qilayotgan AQŞ armiyasi harbiysi Tomas Iglesias ularga “Barça taşrif buyuruvçilar doimo sukunat va hurmat muhitini saqlaşi şart”, deb baland ovozda tanbeh bergan.
Pentagon matbuot kotibi Şon Parnell askarning harakatini töğri deb baholagan. Uning aytişiça, harbiy xizmatçi barçaga xotira marosimida odob saqlaş kerakligini eslatgan.
Uşbu holat aks etgan video internetda keng tarqaldi. Söngra, Hegset AQŞ armiyasining 3-piyoda polki – “Eski gvardiya” safida xizmat qiluvçi mutaxassis Tomas Iglesiasga medal topşirdi. Vazir mukofot topşiriş jarayonidagi suratni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilib: “Biz askarlarni yaxşi köramiz. Biz tartib-qoidalarni qadrlaymiz. Barakalla, mutaxassis. Xizmatda davom et”, deb yozgan.
Tramp va Netanyaxu janjallaşib qoldi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu Eronga qarşi harbiy hujumlarni qayta boşlaş masalasida telefonda keskin tortişib qoldi. Suhbatdan xabardor manbalardan biri ikki yetakçi örtasidagi muloqotni “dözaxdan çiqqan baqir-çaqir janjali” deb ta’rifladi.
Ikki yetakçi hafta oxirida bölib ötgan telefon suhbati davomida Eronga qarşi hujumlarni qayta boşlaş masalasida keskin kelişmovçilikka borgan.
Tramp ma’muriyati Tehron bilan kelişuvga erişiş uçun diplomatik imkoniyatlardan foydalanmoqçi. Netanyaxu esa Eron hukumati hokimiyatda qolar ekan, uning yadroviy tahdidini butunlay bartaraf etib bölmaydi, deb hisoblaydi.
Isroil Boş vaziri devoni Tramp va Netanyaxu bir-biriga baqirgani haqidagi xabarlarni rad etib, suhbat ziddiyatli ruhda ötmaganini bildirgan.
Muzokaralardan xabardor diplomatning sözlariga köra, Netanyaxu hujumlarni qayta boşlaşga köndiriş uçun Trampga har kuni qönğiroq qilmoqda. Biroq Oq uy içidagi va taşqarisidagi ayrim şaxslar yangi harbiy operatsiyaning oldini olişga urinmoqda.
Rossiyadan çiqarib yuborilgan migrantlar soni uç baravar oşdi
Rossiyada 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida 143,1 ming nafar xorijlikni mamlakatdan ma’muriy tartibda çiqarib yuboriş haqida qaror qabul qilindi.
Qayd etilişiça, joriy yilning dastlabki töqqiz oyida xorijlik fuqarolarga nisbatan 1,8 millionta ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasi rasmiylaştirilgan. Şuningdek, 78,7 ming nafar xorijlikning Rossiyada vaqtinça böliş muddatini qisqartiriş töğrisida qaror qabul qilingan.
Hisobot davrida qariyb 4,8 ming nafar xorijlik deportatsiya qilingan. Bundan taşqari, 290,8 ming nafar şaxsga Rossiyaga kirişga ruxsat berilmagan.
Ma’lumotlarga köra, 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Rossiyaga 6,9 million nafar xorijlik va fuqaroligi bölmagan şaxs kirgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 9 foiz kam. Ularning 4,7 million nafari Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga a’zo mamlakatlar fuqarolari bölgan.
Turkiyada harbiy vertolyot qulab, 4 nafar askar halok böldi
Turkiyaning Malatya viloyatida S-70 rusumli harbiy vertolyot halokatga uçraşi oqibatida bortdagi 4 nafar harbiy xizmatçi halok böldi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa Malatya viloyatining Yaşilyurt tumanidagi Samanköy hududida yuz bergan. Hozirça vertolyot nima sababdan qulagani noma’lum. Voqea joyiga tez yordam maşinalari, öt öçiriş va tibbiyot xodimlari yuborilgan.
Dastlab vertolyot qoldiqlari topilgani va qidiruv-qutqaruv işlari boşlanganligi ma’lum qilingan. Keyinroq Turkiya Milliy mudofaa vazirligi halokat oqibatida 4 nafar harbiy halok bölganini tasdiqlagan.
Turkiya mudofaa vaziri Yaşar Guler halok bölgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Hodisa yuzasidan Malatya viloyati Respublika Boş prokuraturasi tergov boşlagan. Şuningdek, işga bir nafar boş prokuror örinbosari va ikki nafar prokuror jalb etilgan.
Qirğizistonda prezidentlikka nomzodlar 11 nafarga yetdi
Qirğizistonda 2027 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnaşiş uçun 11 kişi nomzod sifatida ilgari surildi. Nomzod körsatiş muddati 13 noyabr kuni yakunlandi.
Nomzodlarni qöllab-quvvatlovçi saylovçilar imzolarini yiğiş jarayoni davom etmoqda. Bu bosqiç joriy yilning 8 dekabrigaça ötkaziladi. Qonunçilikka köra, har bir prezidentlikka da’vogar röyxatga olinişi uçun kamida 30 ming saylovçining imzosini töplaşi kerak.
Nomzodlarni röyxatga oliş uçun zarur hujjatlarni qabul qiliş 2026 yilning 13 dekabr kunigaça, Prezidentlikka nomzodlarni röyxatga oliş jarayoni 23 dekabr kunigaça davom etadi.
Qirğizistondagi prezidentlik saylovlari esa yangi 2027 yil 27 yanvarda ötkazilişi belgilangan.
Mamlakatning amaldagi prezidenti Sadir Japarov avval bergan intervyularidan birida “2027 yilda olti yillik prezidentlik muddatim yakunlangaç, agar Qamçi tayyor bölsa, qayta prezidentlik sayloviga nomzodimni qöymayman”, degan edi. Ammo u yangi saylovda ham prezidentlikka da’vogarlar orasida bor.
Live
Barchasi