18 davlat Isroilning Ğazodagi şifoxonaga bergan zarbasini qat’iy qoraladi

Olam

−

image

Turkiya va yana 17 davlat Isroilning Ğazo sektori janubidagi Xon-Yunus şahrida joylaşgan “Nosir” şifoxonasiga bergan aviazarbasini qat’iy qoraladi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Isroil hujumi yuzasidan qöşma yozma bayonotni Turkiya, BAA, Jazoir, Jibuti, Indoneziya, Falastin, Qatar, Kuvayt, Liviya, Livan, Misr, Mavritaniya, Pokiston, Somali, Sudan, Saudiya Arabistoni, Ummon va Iordaniya Taşqi işlar vazirlari e’lon qilgan.

“Vazirlar Isroilning Xon-Yunusdagi “Nosir” şifoxonasiga bergan aviazarbasini qat’iy tarzda qoralaydi. Buning oqibatida bemorlar va tibbiyot xodimlari halok böldi hamda yaralandi. Uşbu hujum tibbiyot muassasalari va ularning xodimlarini alohida himoya qilişni nazarda tutuvçi xalqaro gumanitar huquq normalarini buzadi”, deyiladi bayonotda.

Hujjatda, şuningdek, Isroilning falastinlik tinç aholiga, jumladan, çodirli lagerlar va köçirilgan şaxslar joylaştirilgan boşqa maskanlarga uyuştirayotgan davomli hujumlari ham qoralangan.

Bunday hujumlar öt oçişni töxtatiş rejimiga hamda Ğazo sektorida xavfsizlik va barqarorlikni tiklaş yölidagi sa’y-harakatlarga putur yetkazişi, şuningdek, AQŞ Prezidenti Donald Tramp tomonidan taqdim etilgan Ğazo böyiça tinçlik rejasiga zid ekani ta’kidlanadi.

Vazirlar Isroil tomonidan gumanitar yordam, çodirlar, karavonlar, mobil uylar va tibbiy materiallar yetkazib berişga qöyilgan çeklovlar davom etayotgani qiş yaqinlaşayotgan bir şaroitda Ğazodagi gumanitar falokatni yanada kuçaytirayotganidan jiddiy xavotir bildirgan.

Bayonotda yaşaş uçun şaroitning yetarli emasligi, suv ta’minoti, sanitariya va tibbiy xizmat körsatiş bilan boğliq vaziyatning yomonlaşuvi tinç aholi, ayniqsa yana qattiq sovuqqa duç keladigan çaqaloqlar va bolalar hayotiga jiddiy xavf tuğdirayotgani qayd etilgan.

“Vazirlar Isroilni xalqaro hamjamiyat va Tinçlik kengaşining gumanitar yordam hajmini oşiriş haqidagi çaqiriqlariga quloq solişga hamda Şarm-aş-Şayxda erişilgan Kelişuv, Prezident Donald Trampning Keng qamrovli rejasi va BMT Xavfsizlik Kengaşining 2803 (2025)-sonli rezolyutsiyasi doirasidagi öz majburiyatlarini zudlik bilan va töliq hajmda bajarişga çaqiradilar”, deyiladi hujjatda.

Bayonotda Isroil tomonidan öt oçişni töxtatiş rejimiga rioya etilişi, tinç aholi va tibbiyot muassasalari himoya qilinişi, şuningdek, yetarli hajmdagi gumanitar yordamning xavfsiz, doimiy va tösiqsiz kirib kelişi ta’minlanişi zarurligi ta’kidlanadi.

Gap, jumladan, odamlarni vaqtinça joylaştiriş uçun materiallar, bazaviy infratuzilma faoliyatini tiklaş uskunalari va Ğazo sektorini tezroq tiklaş uçun zarur bölgan vositalarni yetkazib beriş haqida bormoqda.

Isroil, şuningdek, BMT muassasalari va gumanitar taşkilotlarning tösiqsiz faoliyat yuritişi uçun imkoniyat yaratib berişi lozim.

Vazirlar kelişuvning birinçi bosqiçida nazarda tutilgan majburiyatlar u imzolangan paytdan boşlab kuçga kirişi kerakligini körsatib ötgan. Isroil ularni heç qanday keçiktirişlarsiz va gumanitar yordamdan foydalanişni çeklovçi qöşimça şartlarni, jumladan, siyosiy xususiyatga ega hamda xavfsizlik bilan boğliq şartlarni ilgari surmasdan bajarişi şart.

Hujjatda, şuningdek, kelişuvning keyingi bosqiçlarida erişilgan yutuqlardan qat’i nazar, şoşilinç gumanitar operatsiyalarni davom ettiriş muhimligi ta’kidlangan.

“Vazirlar Qöşma Ştatlar va Tinçlik kengaşini Isroil tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning töliq bajarilişini va gumanitar yordam kirib kelişiga qöyilgan barça çeklovlar olib taşlanişini ta’minlaş, erişilgan kelişuvlarga bölgan işonçni saqlab qoliş va öt oçişni töxtatiş rejimini mustahkamlaş uçun öz vakolatlari doirasida sa’y-harakatlarni faollaştirişga çaqiradilar”, deyiladi bayonotda.

Yakunda vazirlar öt oçişni töxtatiş rejimini mustahkamlaş, tinçlik rejasining barça bosqiçlarini amalga oşiriş hamda Falastin xalqining azob-uqubatlarini yengillaştiriş maqsadida gumanitar yordam hajmini oşiriş uçun mintaqaviy va xalqaro hamkorlar bilan hamkorlik qilişga tayyor ekanliklarini yana bir bor tasdiqlagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil harbiylari Ğazo sektori janubidagi Nosir şifoxonasiga zarba bergani haqida xabar qilingan edi. Oqibatda olti kişi halok bölgan, kamida 12 kişi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing