Eron bilan uruşni tugatişda Rossiya yoki Xitoydan yordam söramaymiz – Tramp

Olam

−

image

Vaşington Eron bilan mojaroni hal qilişda yordam sörab Rossiya yoki Xitoyga murojaat qiliş niyatida emas. Bu haqda AQŞ Prezidenti Donald Tramp Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.

Jurnalistning Vaşington Eron bilan uruşni yakunlaş uçun Moskva yoki Pekindan yordam söraşni rejalaştiryaptimi, degan savoliga Tramp rad javobini bergan. 

“Bilasizmi, bizga yordam kerak emas”, deydi u.

AQŞ Prezidentining aytişiça, Qöşma Ştatlar Eronning harbiy-dengiz kuçlarini yöq qilgan va uning harbiy-havo kuçlariga zarba bergan.

“Eronliklar kelişuv tuzişni istaydi. Şuning uçun menga yordam kerak emas. Men heç kimdan yordam söramoqçi emasman”, deydi u.

Tramp, şuningdek, AQŞ Eronning yadroviy ob’ektlariga zarba berganini, şundan söng Tehron göyoki biologik qurol yaratişga ötganini ma’lum qilgan.

Eron tomonidan Vaşingtonga qarşi “iflos bomba” qöllanilişi mumkinligi haqidagi da’volarni izohlar ekan, Amerika yetakçisi AQŞ poytaxti aholisi xavotir olmasligi kerakligini bildirgan. 

“Agar şunday bölsa, biz ularni [Eronni] yöq qilamiz. Bu mening sizlarga bergan va’dam”, deydi u.

Şu bilan birga, AQŞ Prezidenti Eron bilan imzolangan özaro anglaşuv memorandumini “behuda vaqt sarfi” deb atagan.

“Men ba’zi narsalarni keçiktirdim. Bu memorandum xato emas edi. Şu vaqt içida biz Eronni yaxşiroq bilib oldik. Ularga işonib bölmasligini tuşundik”, deydi Tramp.

AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens Eron böyiça muzokaralardan çetlatilgani haqidagi xabarlar töğrisidagi savolga Tramp şunday javob bergan: 

“Yöq, u öz işini yaxşi uddalamoqda. Yöq”.

Amerika yetakçisining sözlariga köra, Tehron bilan muzokaralar davom etmoqda. 

“Ular bitim tuzişni xohlaşadi, lekin men uzoq muddatli kelişuvni istayman”, deya ta’kidlaydi u.

Rossiya-Ukraina uruşi haqida gapirar ekan, Tramp agar u 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida mağlub bölmaganida, mojaro boşlanmagan bölardi, degan fikrni yana bir bor bildirgan. Şu bilan birga, Amerika yetakçisi uruş tez orada “u yoki bu tarzda” tugaşini ma’lum qilgan.

“Xitoy bilan munosabatlarimiz a’lo darajada”

“Xitoy bilan munosabatlarimiz a’lo darajada. Bu döstlik va hurmat munosabatlaridir”, deydi Tramp Pekin bilan aloqalarni izohlar ekan.

AQŞ Prezidentining sözlariga köra, XXR Raisi Si Szinpin uni aeroportda şaxsan kutib olgan va Trampning ta’kidlaşiça, bu mamlakat tarixida ilgari heç qaçon sodir bölmagan.

“Bu Xitoy uçun ham, biz ham uçun katta ğalaba”, deydi u.

Yadroviy qurollaniş masalasi 

U hozirgi vaqtda AQŞ 4 mingta, Rossiya 3,8 mingta, Xitoy esa 400 dan 500 tagaça yadroviy jangovar kallakka ega ekanini qayd etgan. Şu bilan birga, Tramp taxminan ön yil içida Pekin Vaşington va Moskvadan ortda qolişni qisqartirişi mumkinligini taxmin qilgan.

“Men bunday bölmasligini afzal körgan bölardim”, deya qöşimça qilgan u.

Xitoyning Eronga razvedka ma’lumotlarini berganligi taxmin qilinayotgani munosabati bilan unga nisbatan bildirilayotgan tanqidlarni şarhlar ekan, Tramp AQŞ ham öz hamkorlari bilan razvedka ma’lumotlarini almaşişini ta’kidlagan.

“Biz ham razvedka ma’lumotlarini taqdim etamiz. Ukrainaga qarang, biz ham razvedka ma’lumotlarini uzatamiz. Ular: “O, ular bizni kuzatişyapti”, deyişadi. Biz ham ularni kuzatamiz. Öylaymanki, biz ularni ular bizni kuzatganidan köra yaxşiroq josuslik qilib kuzatamiz. Men buni sizga aytib bera olmayman. Aynan nima qilayotganimizni ayta olmayman, lekin şunday deylik: “Men hamma narsani bilaman”, deydi u.

Nvidia atrofidagi vaziyat 

Tramp keça, 18 noyabr kuni keçki ovqat paytida XXR Raisi Si Szinpin bilan uçraşganini, suhbat davomida Nvidia’ning sobiq boş direktori Jensen Xuang atrofidagi vaziyat ham muhokama qilinganini ma’lum qilgan.

“Xuang bilan sodir bölgan voqea – fojia. U juda aqlli inson”, deydi Amerika yetakçisi.

Tramp, şuningdek, AQŞda iste’dodli mutaxassislarni qöllab-quvvatlaş zarurligini ta’kidlagan.

“Birinçi prezidentlik muddatim davomida men Ilonga (Maskka) juda köp yordam berdim. Öşanda uni kam odam bilardi. Ehtimol, bugun bizda bunday Ilon bölmasdi. Biz öz daholarimizni asraşimiz kerak”, deya qayd etgan u.

Xuangning Xitoy razvedkasi bilan aloqadorligi taxmin qilinayotgan ayol bilan munosabatlari AQŞ milliy xavfsizligiga tahdid solişi mumkinmidi, degan savolga Tramp uning josus ekanligi haqida eşitmaganini aytgan.

“U juda yoqimtoy ayol edi. U Xitoydan kelgan va odamlar uni josus deb öylaşadi. Men uning josus ekanligini eşitmaganman. U çiplar sotib oliş bilan şuğullanuvçi tadbirkor edi”, deydi u.

Tramp Amerika kompaniyalari faoliyatidagi uzilişlarga izoh bergan

AQŞ aviatsiya sohasidagi uzilişlar, şuningdek, banklar va yirik texnologik kompaniyalar faoliyatidagi nosozliklar haqidagi savollarga javob berar ekan, Tramp uşbu hodisalar özaro boğliq emasligini bildirgan.

Sodir bölayotgan voqealar munosabati bilan amerikaliklar xavotir olişi kerakmi, degan savolga AQŞ Prezidenti xotirjamlikni saqlaşni maslahat bergan.

“Ularga xotirjamlikni saqlaşlarini ayting. Hammasi joyida. Bularning barçasi alohida-alohida hodisalardir”, deydi u.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing