Husiylar Ar-Riyod aeroporti va moliyaviy markaziga raketa hujumi uyuştirdi
Olam
−
10:17 470 2 daqiqa
Yamandagi Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiylar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi Podşoh Xolid xalqaro aeroporti va moliyaviy markazga ikkita ballistik raketa uçirdi. Hujum haqida hozirça Saudiya Arabistoni tomonidan rasmiy tasdiq berilmagan. Bu haqda “Reuters” naşri xabar berdi.
Ma’lumotlarga köra, husiylar 15 noyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxtidagi Qirol Xolid xalqaro aeroporti va moliyaviy markazni ikkita ballistik raketa bilan nişonga olgan. Husiylar harbiy vakili Yahyo Sari 18 noyabr kuni bergan bayonotida Podşoh Xolid xalqaro aeroporti va Ar-Riyoddagi moliyaviy markazga köp sonli qanotli raketalar uçirilganini aytdi. U raketalar belgilangan nişonlarga tekkanini da’vo qildi. Harbiy vakilning ta’kidlaşiça, hujumlar Saudiya Arabistonining Yamandagi tinç aholi punktlariga qarşi operatsiyalariga javoban amalga oşirilgan.
Saudiya Arabistoni hujumni qaytarganini bildirdi
Saudiya Arabistoni boşçiligidagi Arab koalitsiyasi Ar-Riyod tomon yönaltirilgan ikkita qanotli raketa havoda tutib olinib, yöq qilinganini ma’lum qildi. Koalitsiya vakili Turkiy al-Molikiy Ar-Riyod va mamlakatning janubiy hududlariga yönaltirilgan ikkita uçuvçisiz uçiş apparati ham zararsizlantirilganini bildirdi.
Husiylar Saudiya Arabistonining yana ikki hududini nişonga oldi
Husiylar Ar-Riyodga qilingan hujumdan taşqari, Saudiya Arabistonining janubidagi Jizon mintaqasida joylaşgan strategik nişonga ballistik raketalar bilan zarba berganini da’vo qildi. Şuningdek, guruh Xamis-Muşayt şahridagi Qirol Xolid aviabazasini uçuvçisiz uçiş apparati bilan nişonga olganini ma’lum qildi. Hujumlar natijasida yetkazilgan zarar yoki ehtimoliy qurbonlar haqida mustaqil tasdiqlangan ma’lumotlar keltirilmagan.
Ma’lumot uçun, Yamandagi fuqarolar uruşi 2014 yilda husiylar poytaxt Sano şahrini egallab olganidan keyin çuqurlaşgan. 2015 yilda Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiyaning mojaroga aralaşuvi esa uni mintaqaviy töqnaşuvga aylantirgan. 2022 yil aprel oyida boşlangan sulh jarayonidan keyin mamlakatda vaziyat nisbatan tinçlangan edi. Biroq janglar yana kuçayişi bilan husiylarning Saudiya Arabistonidagi aeroportlar, harbiy bazalar va energetika inşootlariga hujumlari mintaqadagi keskinlikni oşirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni havo mudofaasi Makka şahri yaqinida husiylarga tegişli dronni şahar ustida parvoz qiliş taqiqlangan hududga kirişidan oldin urib tuşirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi