Özbekiston Saudiya ustidan ğalaba uçun FIFA reytingida neça oçko oldi?
Sport
−
11:12 417 2 daqiqa
Keça, 17 noyabr kuni Özbekiston milliy terma jamoasi Dohada ötkazilgan xalqaro örtoqlik uçraşuvida Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan ğalaba evaziga FIFA reytingida 5,35 oçko jamğardi. Natijada terma jamoaning umumiy oçkolari 1418,10 ga yetdi.
Uçraşuv 2:1 hisobida Özbekiston terma jamoasi foydasiga yakunlandi. Bellaşuvning boş qahramoni Şerzod Esanov böldi. U raqib darvozasiga ikki bor yöl topdi. Xususan, 19-daqiqada hisobni oçdi, biroq oradan tört daqiqa ötib, Firas Al-Buraykan muvozanatni tikladi. 35-daqiqada esa Şerzod yana bir bor gol urib, Özbekiston terma jamoasini oldinga olib çiqdi.
Ikkinçi bölimda zaxiradan maydonga tuşgan himoyaçi Ali Lajami qizil kartoçka olib, jamoasining bir kişi kam bölib qolişiga sababçi böldi. Son jihatdan ustunlikka ega bölgan özbekistonlik futbolçilar uçraşuv oxirigaça hisobni saqlab qoldi.
Şu tariqa, Özbekiston terma jamoasi noyabr oyidagi örtoqlik uçraşuvlarini ğalaba bilan yakunladi. Avvalroq, joriy yilning 12 noyabr kuni Fabio Kannavaro şogirdlari Rossiya terma jamoasiga qarşi bahsda 2:3 hisobida mağlub bölgan edi.
Uşbu ğalabadan keyin Özbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida bir poğona yuqorilab, 59-örinni egalladi. Saudiya Arabistoniga qarşi uçraşuvdan oldin jamoa 60-örinda borayotgan edi.
Ma’lumot uçun, bungaça Özbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistonini oxirgi bor 2015 yil Avstraliyada ötkazilgan Osiyo kubogida mağlub etgan edi.
Live
Barchasi