Gvardiola Saudiya terma jamoasini boşqariş taklifini rad etdi
Sport
−
09:57 295 2 daqiqa
“Mançester Siti”ning sobiq boş murabbiyi Xosep Gvardiola Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasini boşqariş taklifini rad etdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi.
Gvardiolaning vakili ham uşbu ma’lumotni tasdiqlagan. Uning aytişiça, sönggi kunlarda Saudiya Arabistoni tomonidan vositaçilar orqali bir neçta taklif kelib tuşgan, biroq ispaniyalik mutaxassis ularni körib çiqişdan qat’iy boş tortgan.
Vakilning sözlariga köra, 55 yoşli murabbiy kelajagi haqidagi masalani kelasi mavsum boşlanguniga qadar muhokama qilişni rejalaştirmayapti. Avvalroq, Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi va mamlakat futbol federatsiyasi ham Gvardiolaga qiziqiş bildirgan edi.
Gvardiola 2026 yil yozida “Mançester Siti”ni tark etgaç, işsiz qoladi. U 2016 yildan buyon Angliya klubini boşqarib keldi. Ispaniyalik mutaxassis jamoa bilan 6 marta Angliya çempionligini qölga kiritdi va 2023 yilda Çempionlar ligasida ğolib böldi.
Bunga qadar Gvardiola “Barselona” va “Bavariya” klublarida ham boş murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uçun, Gretsiyalik mutaxassis Yorgos Donis joriy yil aprel oyidan buyon Saudiya Arabistoni terma jamoasini boşqarib kelmoqda. Bungaça jamoada Roberto Mançini, Frank Raykard va Karlos Alberto Pereyra kabi mutaxassislar işlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq, Gvardiola Italiya va AQŞ terma jamoalarini boşqariş taklifini rad etgandi.
Live
Barchasi