AQŞ razvedkasi Eron tahdidlari kuçayganidan ogohlantirdi

Olam

−

image

Eron tomonidan AQŞ fuqarolariga nisbatan tahdidlar sezilarli darajada oşgan. Bu haqda AQŞ Milliy razvedkasi direktori Jey Kleyton keça, 18 noyabr kuni Vakillar palatasining Milliy xavfsizlik qömitasida ötkazilgan eşituvlarda ma’lum qildi.

Kleytonning aytişiça, Eron tomonidan AQŞ hududida ham, mamlakat taşqarisida ham amerikaliklarga qarşi hujum uyuştiriş xavfi ortgan. Uning ta’kidlaşiça, xorijda xizmat qilayotgan amerikaliklar bilan bir qatorda AQŞ içidagi fuqarolar ham avvalgidan köproq tahdid ostida qolmoqda.

“Biz Eronning AQŞ içida va taşqarisida ölim bilan yakunlanişi mumkin bölgan hujum rejalarini aniqlaş, ularning oldini oliş va ularga qarşi kuraşişga sodiqmiz”, degan razvedka direktori.

“Reuters” agentligining qayd etişiça, Eron AQŞ va Isroilning fevral oyida mamlakatga qarşi boşlagan qöşma zarbalariga javoban Amerika harbiy kuçlari hamda uning mintaqadagi ittifoqçilariga hujum qiliş bilan tahdid qilgan. Harbiy zarbalar oradan sakkiz oydan köproq vaqt ötganiga qaramay davom etmoqda.

Bundan taşqari, Kleyton ötgan oy “Reuters” bilan tanişgan maxfiy hujjatda Eron AQŞ xodimlarini nişonga olişga qaratilgan harakatlarini kuçaytirganini bildirgan. Tehron tomonidan Amerika fuqarolariga qarşi ölim bilan yakunlanişi mumkin bölgan hujum rejalari “ilğor bosqiçga” yetgani ham qayd etilgan.

AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio esa 18 noyabr kuni bu xabarga munosabat bildirar ekan, mamlakat poytaxtiga nisbatan yaqin orada yuz berişi mumkin bölgan tahdid bor deb hisoblamasligini aytgan. Prezident Donald Tramp esa bir kun avval Eron tomonidan ehtimoliy hujum uyuştirilişi haqidagi xavotirlar jiddiy qabul qilinayotganini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Eron hukumati bilan aloqalari bölgan pokistonlik erkak AQŞ Prezidenti Donald Tramp va boşqa amerikalik siyosatçilarga suiqasd uyuştiriş rejasidagi iştiroki uçun 27 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing